1 IYUNDAN BOSHLAB TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI

DO`STLARGA ULASHING:

1 IYUNDAN BOSHLAB TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI
📃 Prezidentning «Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
➖ Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:
✅ oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun – 15 foizga;
✅ ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun – 10 foizga;
✅ tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15 foizga oshiriladi.
➖ Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.

Оставьте комментарий