Navroz-umumxalq-bayrami-senariysi

21 Mart Navroz bayrami ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

21-Mart Navro‘z bayrami ssenariysi

Kirish:

  • Fon musiqasi: Milliy doira, surnay va karnay sadolari eshitilib turadi.
  • Sahna bezagi: Bahoriy gullar, yashil o‘simliklar, sumalak va boshqa milliy taomlar aks ettirilgan sahna.
  • O‘quvchilar (boshlovchilar): Milliy liboslarda sahnaga chiqishadi.

1. Qism: Tadbirning ochilishi

Boshlovchi 1: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, hurmatli ota-onalar va qadrli mehmonlar! Bugun bizni quvonchga to‘ldirgan bahoriy bayram — Navro‘z! Bu bayram tinchlik, mehr-oqibat va yosharish ramzi bo‘lib, xalqimiz uchun azaldan ezgulik bayrami hisoblangan.

Boshlovchi 2: Bugun biz bu sahnada Navro‘z bayramini nishonlash uchun yig‘ildik. Keling, tadbirimizni tantanali ravishda ochiq deb e’lon qilamiz!


2. Qism: She’rlar va kuy-qo‘shiqlar

(O‘quvchilar she’rlar o‘qishadi, har biri Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bo‘ladi.)

She’rlar:

  1. «Navro‘z keldi, yurtga fayz, Mehr qo‘shib bordik biz.»
  2. «Sumalaklar qaynab toshdi, Xonadonlar nurlanib.»

Qo‘shiq:

  • «Navro‘z bayrami» nomli milliy kuy.
  • Sahna orqasida raqs ijrosi (o‘quvchilar tomonidan).

3. Qism: Milliy urf-odatlar namoyishi

(O‘quvchilar xalq o‘yinlari, o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi va sumalak tayyorlash jarayonini tasvirlashadi.)

  • Sumalakning qaynashi haqida qisqa tushuntirish.
  • Bahoriy xalq o‘yinlari (Masalan: arqon tortish, halqali o‘yinlar).

4. Qism: Sahna ko‘rinishi

(Bahor va Yilning Qariyasi obrazi ijro etiladi.)

  • Qari yil (soqolli, xira kiyimda): “Men eski yilman, ammo endi o‘zimning o‘rnini bahorga bo‘shatib beraman.”
  • Bahor (yosh, yorqin kiyimlarda): “Men yangilik, yashillik, umid va muhabbat olib keluvchi Bahorman!”

(Ular o‘rtasida qiziqarli dialog bo‘lib o‘tadi.)


5. Qism: Bayram tabriklari va yakun

Boshlovchi 1: Hurmatli mehmonlar! Bugungi bayram tadbirimiz nihoyasiga yetmoqda.

Boshlovchi 2: Barchangizni yana bir bor Navro‘z bayrami bilan tabriklaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

(Bayram kuy-qo‘shiqlari ostida barchalar birga sahnada raqsga tushadilar.)


Yakun:

Tadbir xotirjam musiqalar bilan yakunlanadi.


Navroʻz (forscha نوروز – „yangi kun“) – bahor bayrami hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda Navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa 22-martda nishonlanadi.

Navroʻz Shimoliy yarimsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martning 20, 21 va yoki 22-kunlarida) boshlanadi. Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan bogʻlaydilar, shu munosabat bilan bayramlar oʻtkazishadi, uni yangi yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab Ozarbayjon, OʻzbekistonEron, Afgʻonıston, Tojikiston va yana koʻplab sharqiy davlatlarda bahorning – yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afgʻonistonda rasmiy taqvimning dastlabki birinchi kuni hisoblanadi.

2009-yil 30-sentyabrda Navroʻz UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart «Xalqaro Navroʻz Kuni» deb eʼlon qilindi. Hali ham bu bayram xalqlar oʻrtasida keng koʻlamda davom etib kelmoqda.

Bayramning umumiy tasnifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navroʻz qadimiyligi, keng geografik qamrovi va uni nishonlash vaqtidagi turli davrlari sababli, nomoddiy madaniy merosning xilma-xil xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. U „Navroʻzi Jamshid“ini anglatgan Eronning afsonaviy shohi Jamshid va shu kabi afsonalarga asoslangan koʻpgina madaniy shakl va tasvirlardan tashkil topgan.

Shunga oʻxshash afsona hind mifologiyasida ham mavjuddir, bundan tashqari „Boʻzqurt“ nomli turk afsonasida, „Ammo Navroʻz“ Eron afsonasida, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlari afsonalarida Nanex Novrouz Amoo Novrouzni kutadi, lekin yangi yil kirib kelganida uxlab qoladi. Amoo Novrouz u uxlab ѐtganida kelib ketadi. Bu voqea har yili takrorlanaveradi. Bu afsonalar eskirgandek tuyulsa ham, ular bugungi kunda madaniyatimizda uchrab turadi. Ertaklar, epik sheʼrlar, „Navroʻz sheʼrlari“ deb nomlanadigan mumtoz sheʼrlar bilan birga, bugungi kunda Navroʻz marosimidan oldin va keyin kitob, jurnal, internetda chop etilgan shoirlar va radio, televidenieda yangraydigan musiqa: qadimgi va mumtoz Eron musiqasida maxsus kuylar va qoʻshiqlar mavjud boʻlib, ular „Naz-e Novrouz“, „Yaad-e Novrouz“, „Novrouz-e Xordak“, „Novrouz-e Xara“ i „Novrouz-e Saba“ deb nomlanadi. Usmonli turk imperiyasida ham shunga oʻxshash kuy va musiqalar yang- ragan. Boshqa Navroʻzlarda bu marosimga aloqador koʻpgina kuy va musiqalar mavjud. „Navroʻz“, „Muborakbod“, „Shohmoylar“, „Sumalak“„Boychechak“„Binafsha“ kabi folʼklor ashulalalari Oʻzbekistonda bugungi kunda ham mashhur. Hozirda mahalliy, milliy va hatto millatlararo konsertlarda kuylanadigan Navroʻz kuy-qoʻshiqlari mavjud. Bundan tashqari, „Mulla Mamajon“ afgʻon qoʻshigʻi juda mashhur boʻlib, Mozori Sharifda, Eron, Tojikistonda ham kuylanadi.

Barcha Navroʻzlarda mahalliy va anʼanaviy raqslar mavjud boʻlib, ular etnik guruhlar tomonidan ijro etiladi, Ozarbayjon va oʻzbek raqslari kerakli maromda ijro etiladi va madaniy hamda lingvistik koʻrinish – maxsus folklor koʻrinishlarida uygʻunlashgan. Bular orasida „Xan Bazi“ va „Kusex Galin“ Eronda, „Kusa Kusa Xani“ Ozarbayjon va Turkiyada hamda „Bahor Xonim“, „Navroʻz bobo“, „Dehqon bobo“, „Nasriddin“ Oʻzbekistonda, „Aspak bozi“ (masxaraboz), „Laklak bozi“ Qirgʻizistonda, uloq, otchopar, koʻpkari, kurash, qoʻchqorlar, xoʻrozlar jangi va boshqalar. Tajriba, bilim va hunar, shuningdek, uy jihozlarini yangilash, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasash, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, ayniqsa yosh kelinlar uchun bezaklar, zeb-ziynat mahsulotlari bayram nishonlanishning turli bosqichlarida qoʻllanadi. Umuman olganda, bayram marosimlarida ushbu odatlar umumiy qiymatga va boy madaniy xilma-xillik koʻrinishidagi oʻziga xoslikka ega.

Sanalarni belgilash asosan qadimiy astronomik taʼlimot asosida hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yilnoma asosan Abu Rayhon BeruniyMahmud Koshgʻariy va Umar Xayyom kabi mashhur olimlar tomonidan tasdiqlangan va toʻgʻrilangan.

Har bir oila va jamiyatda nishonlanadigan koʻpgina marosim, anʼana va madaniy hodisalar mavjud. Bayramning eng muhim vazifalaridan biri bu ommaviy yigʻinlar boʻlib, u yerda madaniy almashinuv va tadbirlar marosimlarga qoʻshib oʻtkaziladi. Suv va olov bilan bogʻliq maxsus ommaviy marosimlar bunga misol boʻla oladi.

Masalan, Eronda aholi „Charshanbeh Suri“ yoki „Charshanbeh-e Otash“ deb nomlanadigan yilning soʻnggi chorshanba kuni, buloq yoki olov ustidan sakrashadi. Ozarbayjonda ketma-ket keladigan yilning soʻnggi toʻrt chorshanbasi mashhur boʻlib, ular „Charshanbeh Ob (suv)“, „Charshanbeh Bod (shamol)“, „Charshanbeh Xok (er)“ va „Charshanbeh Otash (olov)“ deb nomlanadi, bu paytda odamlar olov atrofida yurib, anʼanaviy qoʻshiqlar aytadilar va yoxud olov yoki suv atrofida raqsga tushadilar.

Kurd va zardoʻshtlar, Turkiya va Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida Navroʻz arafasida olov bilan bogʻliq marosimlar mavjud. Masalan, Qirgʻiziston Respublikasida odamlar qarzlarini toʻlaydilar, uylarini yigʻishtiradilar, qoʻshnilari bilan urishib qolgan boʻlsa yarashib, ularni kechiradilar. Toʻkin-sochinlik, hosildorlik va yomgʻir timsoli sifatida barcha idishlarni sut, qatiq, bugʻdoy va bahorgi suv bilan toʻldiradilar. Qariyalarning aytishlaricha, bu insonlardan turli xil kasalliklar va omadsizliklarni ketkazadi.

Koʻpgina qishloq va qabilalarda yilning soʻnggi chorshanbasi va Navroʻz arafasida uy bekalari va qizlar uylari yaqindagi chashma, buloq yoki quduqdan suv keltirishadi.

Bayramning birinchi soatlari oila-oila boʻlib keksalarni, qoʻshnilarni, yordamga muhtoj oilalarni va nogironlarni yoʻqlash bilan boshlanadi. Mehmondorchilik chogʻida odamlar bir- biriga sovgʻalar ulashadi, ayniqsa, yosh bolalar va kelin-kuyovlar- ga sovgʻa ulashish odat boʻlgan. Bayram oʻyin va tomoshalar bilan davom etadi, Eronda mahalliy kurash, poyga, „Bandbozi“ (dorda yurish), Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida chavandoz buzoq boshini eslatadigan buyumni tutishga harakat qiladigan „Buz kashi“ oʻyini keng tarqalgan va bu oʻyinlar bir necha kun davom etadi. Qirgʻiziston Respublikasida oʻtkaziladigan oʻyinlar haqida alohida toʻxtalish kerak: Ot Charbish (poyga), Qiz Kumay (otda qiz ortidan quvish), Kok Noru yoki Uloq Tortish (echki tutish), Enish (ot ustida kurash), Kurash (anʼanaviy kurash) va Jambu Atuu (otda kumush boʻlakka oʻq otish) va oʻsmirlar va bolalar uchun oʻtkaziladigan maxsus oʻyin „Ak Cholmok“. Oʻtganlar haqiga noz-neʼmatlar keltirib, ularning qabrlarida sham qoʻyishadi. Ozarbayjonda Navroʻz nishonlashning ikkinchi kuni erkaklar oʻtganlarning haqiga duo oʻqiydi va bu „Otalar kuni“ deb nomlanadi. Qozogʻistonda bayram arafasida odamlar eshik oldiga ikkita yoqilgan sham olib keladi.

Ikkita asosiy va muqaddas taom mavjud boʻlib, birinchisi Navroʻzda yoki uning arafasida tushlik, ikkinchisi Navroʻzda peshin taomi. Taom qaynatilgan guruch va sabzavot, tovuq goʻshti, bugʻdoy ugrasi va baliq kabi masalliqlardan iborat boʻlib, ular odamlar yashayotgan hududga qarab qoʻshiladi.

Qirgʻizistonda bayram tushligidan soʻng odamlar koʻchaga saylga chiqib bayramni nishonlaydilar. Kichik shahar va qishloqlarda qurbonlikka keltirilgan buqadan Nooruz Kedji yoki Chon Kedji (shoʻrva) tayyorlash uchun maxsus joylar tanlanadi. Bu qadimiy taom goʻsht, yogʻ, guruch, noʻxot, arpa, bugʻdoy, joʻxori, soʻli uni, tariq, kartoshka va ziravorlardan tayyorlanadi.

Shuni taʼkidlash joizki, Qirgʻiziston Respublikasida yarim muqaddas taomlar oilaviy bayram tushliklarida tortilib, jamoaviy marosimlarda tortilmaydi.

Bayramning eng muhim nishonalaridan biri bu dasturxon boʻlib, unga ramziy buyumlarga mos taomlar qoʻyiladi. Buyumlar tozalik, nur, tinchlik va boylikni anglatadi. „Sofrex“ yoki Eronda „Sofrex-ye haft Sin“ deb nomlanadigan stol, poklik belgisi suv, yorugʻlik belgisi sifatida sham yoki fonus, oʻsimliklar belgisi sifatida „Sabzex“ yoki „koʻkatlardan tayyorlangan taom“, Eronda „Samanu“, Qirgʻizistonda va Oʻzbekistonda „Sumalak“, Turkmanistonda „Samani“, Tojikistonda „Somoluk“lardan tuziladi.

Qirgʻiziston Respublikasida Navroʻz bayramini nishonlashning asosiy anʼanalaridan biri bu uylarini, odamlarni va mol-mulkini tozalash uchun uylarga qora archa hidini taratish (Alastau) yoki „Adirashman“ (ignabargli daraxt bilan), Eronda esa yovvoyi ruta bilan taratish odat boʻlgan.

Bayramning asosiy elementlari musiqa, raqs, ogʻzaki nutq hamda adabiyot, hunarmandchilik va rassomchilik (asosan miniatyura sanʼati)dan tashkil topadi. Turli xil hunarmandlar oʻz qoʻllari bilan bezaklar, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasab berishadi. Bu oʻyinchoqlardagi bezaklar, sheʼriyatdagi asosiy mazmun, musiqa va raqslardagi badiiy maʼno, rasmlardagi asosiy mazmun Navroʻz bayramida bahorni kelishi va tabiatning yangilanishini aks ettirgan. Misol uchun, Qirgʻiziston Respublikasida Akayn – koʻcha sanʼatkorlarining chiqishlarida Yangi yilni olqishlash maʼnosi koʻtarilgan. Bundan tashqari akaynlar afsonaviy voqealarni koʻrsatib namoyishlar qoʻyishgan. Shuningdek, Oʻzbekstonda ham Navroʻzni sharaflash qoʻshiqlari folklor sanʼatkorlar baxshi, shoir va dostonchilar repertuaridan ham joy olgan. Navroʻzga bagʻishlangan ayrim epik afsonalar shu kungacha saqlanib qolgan (XorazmSurxondaryoQashqadaryoSamarqand). Anʼanaviy musiqaning rivojlanishiga marosim ohangi ham oʻziga xos hissa qoʻshgan, bular Buxoroning „Shoshmaqom“, „Xorazm maqomlari“ va „Fargʻona – Toshkent maqomlari“ kabi cholgʻu va yakkaxon maqom siklini yaratishga asos boʻlgan[1].

Оставьте комментарий