26-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR:

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 26-iyul 2023-yil, chorshanba.

 

👉 BAYRAMLAR:
🌏 Esperanto kuni.
🌏 Mangrov ekotizimini saqlash xalqaro kuni.
🌏 Butunjahon tofu kuni.

 

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇧🇧 Barbados ‐ Milliy ahamiyatga molik kun.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Jazo tizimi xodimlari kuni.
🇲🇻 Maldiv orollari — Mustaqillik kuni.
🇱🇷 Liberiya — Mustaqillik kuni.
🇨🇺 Kuba — Milliy isyon kuni.
🇪🇸 Ispaniya, 🇧🇷 Braziliya, 🇵🇹 Portugaliya — Ota-bobolar kuni (Dia dos Avos).

 

👉 VOQEALAR:
— 657 — Siffin jangida sunniylar shialarni mag’lub etishdi
— 811 — Bolgariya xoni Krum Vizantiya imperiyasiga qaqshatqich zarba berdi.
— 1611 — Shvetsiya armiyasi Yakob Delagardiy qo’mondonligida Novgorodni egallab oldi.
— 1722 — Bostonda hindularga qarshi urush e’lon qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya e’lon qilindi, hindlarning bosh terisi uchun 15 dan 100 funtgacha va’da qilingan.
— 1822 — Xose San-Martin  va Simon Bolivar Janubiy Amerika kelajagini muhokama qilishdi.
— 1847 — Liberiya Respublikasi e’lon qilindi — qora Afrikadagi birinchi mustaqil davlat.
— 1887 — Varshavada Xalqaro esperanto tilidagi birinchi darslik (rus tilida) nashr etildi.
— 1918 — Ozarbayjonda eserlar bolsheviklar hukumatini ag’darib tashlashdi.
— 1918 — Intervensiya: Fransiya qo’shinlari Murmanskka tushirildi.
— 1922 — Turk armiyasi hujumga o’tib, Yunon qo’shinlarini Afos jangida mag’lub etdi.
— 1937 — Yaponiya Xitoyda urush harakatlarini boshladi.
— 1938 — NKVD boshlig’i Yejov Stalinga otish uchun Qizil Armiya va Dengiz kuchlarining 138 qo’mondonlari ro’yxatini yubordi. Stalin va Molotov qaror qabul qildilar: «Barcha 138 kishi qatl etilsin».
— 1948 — Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan «Marshall rejasi» ni amalga oshirish shartlari imzolandi (Yevropa davlatlariga yordam berish rejasi).
— 1957 — SSSR birinchi ko’p bosqichli qit’alararo ballistik raketani uchirdi.
— 1963 — Skopye zilzilasi: mingdan oshiq odam halok boʻldi.
— 1965 — Maldiv orollari mustaqilligi e’lon qilindi.
— 1973 — AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Isroilning Yaqin Sharqdagi harakatlarini qoralovchi qaroriga veto qo’ydi.
— 1982 — AQSh Falastinni ozod qilish tashkilotini tan olmasligini e’lon qildi.
— 1990 — «Lindvurm» («Ajdaho») operatsiyasi: GFR hududidan Amerika kimyoviy qurollarini olib chiqish boshlandi.
— 1993 — Ozarbayjon manati respublikadagi yagona milliy valyutaga aylandi.
— 1994 — Rossiya va Estoniya o’zaro chegaralarni tan olish to’g’risida bitim imzoladilar.
— 1995 — Yevropa Ittifoqining 15 ta mamlakati vakillari Yevropolni tuzish to‘g‘risidagi konvensiyani imzoladilar.
— 1999 — Kargil urushi tugadi.

 

👉 TAVALLUDLAR:
— 1782 — Djon Fild (1837) — Irlandiyalik pianinochi va bastakor.
— 1791 — Frans Xaver Volfgang Motsart (1844) — Bastakor va pianinochi, Volfgang Amadeus Motsartning o’g’li.
— 1856 — Jorj Bernard Shou (1950) — Irlandiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1925).
— 1885 — Andre Maurois (1967) — Fransuz yozuvchisi, Fransiya akademiyasining a’zosi.
— 1921 —  Rahim Ahmedov — rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi.
— 1922 — Tuygʻunoy Yunusxoʻjayeva (1998) — diktor, Oʻzbekiston xalq artisti (1953).
— 1928 — Franchesko Kossiga (2010) — Italiyalik siyosatchi, Italiya Prezidenti (1985-1992).
— 1945 — Helen Mirren — Oskar mukofotiga sazovor bo’lgan britaniyalik aktrisa.
— 1949 — Ozad Xabibulin — monumental rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2004).
— 1955 — Osif Ali Zardoriy — Pokiston Prezidenti (2008-2013).
— 1962 — Sergey Kirienko — rus davlat va siyosiy arbobi.
— 1964 — Sandra Ballok — amerikalik aktrisa, Oskar mukofoti sovrindori.
— 1967 — Jeyson Stetxem — angliyalik aktiyor, koʻplab jangari filmlarda salbiy rollar bilan tanilgan.
— 1968 — Natalya Biystrova — rossiyalik sportchi, 4 karra mutlaq jahon chempioni, fitness bo’yicha 3 karra «Dunyo go‘zali».
— 1968 — Frederik Difental — fransuz aktyori.
— 1968 — Oliviya Uilyams — ingliz aktrisasi.
— 1988 — Diego Perotti, argentinalik futbolchi

Оставьте комментарий