7-yanvar — Fotografiya ixtiro qilingan kun

DO`STLARGA ULASHING:

7-yanvar — Fotografiya ixtiro qilingan kun

Lui Jak Dager iste’dodli rassom va rang-barang panoramali ko’rinishlarning mohir ustasi edi.

1824-yildan boshlab u o’z buyurtmasiga ko‘ra juda zo’r ishlab chiqarilgan obskura kamerasini oldi va ko’plab tajribalar o’tkazdi.

Tajribalarni davom ettirib, kashf etgan usulni takomillashtirish bilan Dager ikki yil o’tgach, o’sha davr uchun barqaror va yaxshi natijalarga erishdi. Keyin mashhur fransuz fizigi, akademik Fransua Aragoga o’z usuli haqida ma’lumot berdi.

Olim Dager kashfiyotini yuqori baholadi va 1839-yil 7-yanvarda Fransiya Fanlar akademiyasining maxsus yig‘ilishida uni batafsil bayon qildi.

1839-yil 7-yanvar kuni fotografiya ixtiro qilingan kun hisoblanadi. 19-asrning buyuk ixtirolaridan biri shunday tug’ilgan.

Оставьте комментарий