Yevropa Kengashining rasmiy bayrog’i qabul qilingan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 8-dekabr — Yevropa Kengashining rasmiy bayrog’i qabul qilingan kun

1955-yil 8-dekabrda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi ushbu tashkilotning keyinchalik Yevropa Ittifoqiga meros bo’lib o’tgan rasmiy bayrog’ini tasdiqladi.

1955-yil 9-dekabrda Yevropa Kengashi Vazirlar qo’mitasining bayroqni qabul qilish to’g’risidagi qaroriga rasmiy izohda quyidagilar aytilgan:

«G’arbiy dunyoning moviy osmoni fonidagi yulduzlar Yevropa xalqlarining birdamlik belgisidir. Yulduzlar soni o’zgarmas, o’n ikkitaga tengligi mukammallikning ramziy ma’nosidir».

Оставьте комментарий