DO`STLARGA ULASHING:
8-SENTABR– XALQARO SAVODXONLIK KUNI
Vatanni bilim va mehnat obod qiladi.
O‘zbek xalq maqoli
Bolalar, jurnalimizga Bilmasvoyning daftaridan xat keldi. Diktant daftaringiz sizdan xafa emasmi? Agar shunday bo‘lsa, tez xatolar ustida ishlashni boshlang!
DIKTANT DAFTARINING ORZUSI
Men Bilmasvoyning diktant daftariman. Bir paytlar maktab bozorini to‘ldirib turardim. Varaqlarim ham oppoqqina edi. Endi esa ularning lolazordan farqi qolmadi. Hamma ayb Bilmasvoyda! Yozuvi xunuk. So‘zlarni to‘g‘ri yozolmaydi. Sahifalarim “3” bahoga to‘lib ketgan. Aqlbekning diktant daftariga havasim keladi. Juda ozoda! Ichidagi harflarni aytmaysizmi?! Xuddi bir qator bo‘lib saflangan askarlardek. Har gal unga ustoz a’lo baho qo‘yib, ostiga “Barakalla”, “Ofarin”, deb yozib qo‘yadi. Men ham varaqlarimda shunday maqtov so‘zlar bo‘lishini xohlayman.
G‘UNCHAOY
guncha.uz