20-dekabr — Xalqaro inson birdamligi kuni

DO`STLARGA ULASHING:

20-dekabr — Xalqaro inson birdamligi kuni

Xalqaro inson birdamligi kuni BMT qarori bilan 2006-yildan har yili 20-dekabr sanasida  nishonlanadi.

Hamjihatlik — bu umumiy manfaatlar va umumiy guruh maqsadlariga erishish zarurati, birgalikdagi mas’uliyatga asoslangan ijtimoiy guruh a’zolarining e’tiqod va harakatlar birligi, o’zaro yordami va qo’llab-quvvatlashidir.

Xalqaro insoni birdamligi kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining qashshoqlikni yo’q qilish bo’yicha birinchi o’n yilligiga bag’ishlangan rezolyutsiyasida (№ 60/209) BMT Bosh assambleyasi tomonidan e’lon qilingan.

BMT rezolyutsiyasida birdamlik insoniyatning asosiy va umumbashariy qadriyatlaridan biri ekanligi, XXI asrdagi xalqaro munosabatlarning asosi bo’lishi kerakligi to’g’risida mingyillik deklaratsiyasiga murojaat qilinadi.

Оставьте комментарий