Abdulloh ibn Jahsh

DO`STLARGA ULASHING:

Abdulloh ibn Jahsh (arab: عبد الله بن جحش) (milodiy: 586-625) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning jiyanlari va sahobalaridan
Otasi: Makka shahriga ko‘chib kelgan va Asad qabilasidan bo‘lgan Jahsh ibn Riyob.
Onasi: Qurayshning Hoshim urug‘idan bo‘lgan Umoma binti Abdulmuttalibdir.
Singillaridan biri: Zaynab binti Jahsh Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biridir. Abdullohning tashqi ko‘rinishi: baland ham emas, past ham emas va juda ko‘p sochli inson edi.
U Fotima bint Abi Hubayshga uylanadi va Muhammad ismli o‘g‘il farzand ko‘radi.
Islomga Abu Bakr roziyallohu anhudan ta’sirlanib kiradi. 615 yilda Habashistonga qilingan birinchi hijratda qatnashgan. 619-20 yillarda Makkaga qaytadi  va birinchilardan bo‘lib Madina shahriga hijrat qiladi.
Abdulloh ibn Jaxsh Uxud jangida Ahnas ibn Shariq tomonidan o‘ldiriladi. Raqiblari uning jasadini xorlash maqsadida quloqlari va burnini kesib tashlashgan.
* * *
Abdulloh ibn Jahsh birinchi amalga oshirilgan xijratga boshliq bo‘lganidan uni “birinchi amiral muminin” (musulmonlar amiri) deya atalgan.
Islomni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Arqamaning uyiga kirishlari va bu uyning ilk musulmonl uchun uchrashuv joyi, maktab va panohgoh bo‘lishidan avval qabul qilgan.
Quraysh tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan keyingi zulmlaroldini olish maqsadida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madina shahriga hijrat qilishga buyurganlarida Abdulloh faqatgina Abu Salamadan ortda qolgan holda ikkinchi bo‘lib ko‘chib ketadi. O‘zi va ayrim oila a’zolarining avval ham Habashistonga ko‘chganliklaridan bu hijrat ularga yangi narsa bo‘lib ko‘rinmadi. O‘zi, oilasi va butun boshli qavmi Islomni qabul qilishganidan avvalgi hijratdan farqli ravishda bu safargi ko‘chishning ko‘lami juda keng edi – erkaklar, ayollar va bolalar unga hamrohlik qilishar edi.
Makkani tark qilishar ekan, ortlarida bo‘m-bo‘sh, huvillagan va huddi u yerda hech kim yashamagandek bo‘lib qolgan hovli joylari qoldi.
Hali uzoq masofaga ketishga ulgurishmasdan Quraysh yetakchilari shaharni kimlar tark etganini va kimlar qolganini bilish maqsadida Makka turar joylarini o‘rab ola boshlashdi. Ular orasida – Abu Jahl va Utba ibn Robialar bor edi. Utba chang-to‘zonda qolgan Banu Jahsh uylariga qaradi. Uylar oldiga kelib eshiklarni taqillatdi va: “Banu Jahsh uylari bo‘shab qolibdi va o‘z egalariga aza tutyabdi” dedi.
Abu Jahl tirjayib “U odamlar o‘zi kim edi” deya so‘radi. So‘ngra uyni o‘z mulkiga aylantirib oldi. Bu uy Makkaning eng go‘zal va qimmatbaho uylaridan edi. So‘ngra xuddi shohlar odamlarga in’om berganidek uy ichidagi narsalarni atrofdagilarga tarqatib yubordi.
Keyinchalik bu habar Abdulloh ibn Jahshga yetib keladi va u buni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ga yetkazadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga:
– Ey Abdulloh, bu uylar evaziga Alloh senga o‘z Jannatidan bergan uyiga rozi emasmisan? — dedilar.
– Roziman, Ey Allohning rasuli, — dedi va ko‘ngli to‘liq taskin topdi.
Qurayshning bergan zulmlaridan Madinaga joylashib, ansorlar xomiyligida tinchroq hayot kechirishni endigina ham boshlagan ediki uning boshiga avvalgilaridan ham og‘irroq sinovlar kela boshladi. Musulmon bo‘lganidan beri eng qiyin vazifa unga yuklatilishi va u buni nihoyasiga yetkazishi kerak edi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Jahsh va Sa’d ibn Abu Vaqqoslardan iborat sakkiz kishiga harbiy topshiriq beradilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:  “Ichingizda ochlikka va chanqoqqa eng chidamligizni boshliq etib tayinlayman” dedilar va Abdulloh ibn Jaxshni guruhga yetakchi etib sayladilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga xat berar ekanlar, yo‘l chizmasi haqida aniq ko‘rsatma berdilar va bergan xatlarini faqatgina safarning 2-kunidan so‘ng ochish kerakligini uqdirdilar.
Safarning 2-kuni yakuniga yetganidan so‘ng Abdulloh xatni ochdi. Unda: “Ushbu xatni ochganindan so‘ng safarni Toif va Makka orasidagi Nahla degan joygacha davom et. Ushbu yerdan Quraysh ahlini kuzat va imkon qadar ma’lumot to‘plab kel” deyilgan edi. “Xo‘p bo‘ladi, ey, Allohning payg‘ambari” dedi Abdulloh va hamrohlariga qarab murojaat qildi:
– Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam menga Nahlagacha borishni va u yerdan Qurayshni kuzatib ma’lumot to‘plab kelishni buyurdilar. Xatda yana aytilishicha ushbu safar maqsadiga qarshi bo‘lganlar bilan safarni davom ettirmaslik kerakligi aytilgan edi. Shuning uchun kimda kim tamoman maqsadimizga qo‘shilsa va shahidlik maqomiga yetishish niyatida bo‘lsa menga hamrohlik qilsin. Kim qo‘shilmasa, ortga qaytib ketishi mumkin.”
Barchalari “Buyrug‘ingiz bosh ustiga, ey, Allohning payg‘ambari. Abdulloh, Biz sen bilan Allohning payg‘ambari buyurgan yerga boramiz” deya javob qaytardilar.
Guruh Nahlaga yetib keldi va tog‘liklar oralab yurib Quraysh haqida ma’lumotlar to‘plashga harakat qila boshlashdi. Shu orada ular uzoqdan kelayotgan Quraysh karvoniga ko‘zlari tushib qoldi. Karvonda 4 kishi bor edi — Amr ibn al-Hadramiy, Hukm ibn Kaysan, Usmon ibn Abdulloh va uning ukasi Mug‘ira. Ular Qurayshga odatiy savdo mollari olib ketayotgan edilar.
Sahobalar o‘zaro maslahatlashishar ekan – ushbu kunning urush harom qilingan oyning oxirgi kuni ekanligidan “agar hozir ularga hamla qilib, o‘ldirsak bu ushbu oyning hurmatini oyoqosti qilgan va butun arablar g‘azabiga duchor bo‘lamiz. Agar ushbu kunning yakunlanishini kutsak, ular Makka hududiga yetib olishadi va biz ularga xavf sola olmaymiz” degan mulohaza qila boshlashdi. Alaloqibat ular karvonga hujum qilib undagi mollarni o‘lja qilib olishga qaror qilishdi. Natijada karvondagi 4 kishidan ikkitasi asir olinib bittasi o‘ldirildi va to‘rtinchisi qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Abdulloh ibn Jahsh va uning hamrohlari karvondagi bor mol-mulkni va qo‘lga olingan 2 asir bilan Madinaga qaytib kelib, bo‘lgan voqeani Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga so‘zlab berishdi. U kishi o‘z navbatida ular qilgan ishdan juda xafa bo‘ldilar va uni qattiq qoraladilar.
– Allohga qasamki, men sizlarga urushishga buyruq bermagan edim. Men faqatgina ma’lumot to‘plash va Qurayshning harakatlarini kuzatib kelish uchun sizlarni jo‘natgan edim, — dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam.
U zot sollallohu alayhi vasallam asir olingan 2 kishini ozod qilib yuborishni buyurdilar. O‘zlari esa karvondagi o‘ljalardan biron narsasiga tegmadilar.
Abdulloh ibn Jahsh va uning safardagi hamrohlari juda noqulay ahvolda qolishgan edi va albatta bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ning buyruqlariga quloqsizlik qilishganidan deb bilishar edi. Ustiga ustak, Madinadagi o‘z musulmon birodarlari bilan to‘qnash kelishganda ularning o‘zlarini olib qochishlari yoki ibn Jahsh va uning hamrohlarini ko‘rsatib: “Bular Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam buyruqlariga qarshi borganlardir” deya gapirishlari ularni juda noqulay va yomon ahvolda qoldirar edi.
“Dard ustiga chipqon” deganlaridek, Quraysh sodir bo‘lgan voqeadan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni Arab qabilalari o‘rtasida obro‘sizlantirish uchun “Muhammad harom oyni oyoq osti qildi. U unda qon to‘kdi, karvonga hamla qilib, boylik orttirib oldi va insonlarni asir oldi” deya gap tarqatishlari ibn Jahshga bo‘lgan bosimni yanada orttirdi.
Sakkiz kishilik guruhning ahvoli og‘ir edi – ular bo‘lgan voqeadan qalban qiynalar va ruhan tushkin ahvolda qolgan edilar.
So‘ngra Allohga hamdlar bo‘lsinki, U tomonidan xushxabar keldi – bo‘lgan voqea haqida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘ldi. Ularning shodliklari tasavvur qilish qiyin edi. Sahobalar ularning oldilariga kelishar, yaxshi habarlar bilan tabrishlashar va nozil bolgan Qur’on oyatlarini o‘qib berishar edi:
– “Sendan harom oyda urush qilish haqida so‘raydilar. Sen:«Unda urush qilish katta gunoh. Allohning yo‘lidan to‘sish, unga kufr keltirish, Masjidul Haromdan to‘sish, uning ahlini undan chiqarish Allohning huzurida eng katta gunohdir. Fitna o‘ldirishdan kattaroqdir», deb ayt. Ular agar qodir bo‘lsalar, sizlarni diningizdan qaytargunlaricha sizga qarshi urush qilaveradilar. Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida o‘lib ketsa, ana o‘shalar bu dunyoyu oxiratda amali habata bo‘lganlardir. Ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular unda abadiy qolguvchilardir.” (Baqara, 217).
Ushbu mukarram oyatlar nozil bo‘lganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ko‘ngillari taskin topdi. U zot karvondagi buyumlarni musulmonlarga qoldirib asirlarni to‘lov evaziga ozod qilib yubordilar va ibn Jahsh guruhidan rozi bo‘ldilar. Albatta bu ushbu qilingan safar Musulmonlar jamoasining ilk yillarida bo‘lgan juda muhim voqea edi.
Abdulloh ibn Jahsh hayotidagi keyingi sinov bo‘lgan Badr jangi ham tez orada bo‘lib o‘tdi. Ammo bu sinovda ham uning e’tiqodini mustahkamligi namoyon bo‘ldi.
So‘ngra Uhud jangi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda Abdulloh va uning do‘sti Sa’d ibn Abu Vaqqos bilan bog‘liq bir voqea bo‘ldiki, buni ta’kidlab o‘tmasdan ilojimiz yuq. Keling ushbu voqeani Sa’dning o‘zidan eshitaylik:
Jang chog‘ida Abdulloh mening oldimga keldi va “Allohga duo qilmaymizmi?” deb so‘radi.
“Ha” dedim men va biz jang maydonidan chekkaroqqa chiqdik va men ushbu duoni qildim: “Robbim, jangda menga jasadi ulkan va juda kuchli raqibni ro‘baro‘ qilginki, men uni mahv etay”. Mening ushbu duoimga u “Omiyn” dedi va o‘zi ham duo qila boshladi:
“Robbim, jangda menga jasadi ulkan va juda kuchli raqibni ro‘baro‘ qilgin. Men u bilan sening roziliging uchun jang qilay va u ham men bilan jang qilsin. U meni mahv etib quloqlarim va burnimni kesib olsin va qiyomat kunida senga duch kelganimda sening “Nima uchun sening burning va quloqlaring kesib olingan edi?” deb so‘raganingda “Sening va Payg‘ambaringni roziligi uchun” deya javob beray va sen “Sen haqiqatni gapirding” degin”. Sa’d o‘z hikoyasini davom ettiradi: “Abdulloh ibn Jahshning duosi menikidan yaxshiroq va ustunroq edi. Kunning oxirida men uning jasadi tahqirlangan – quloqlari kesib olingan va yaqinroqdagi daraxtga ilib qo‘yilganini ko‘rdim.
Alloh Abdullohning duosini qabul qildi va uni xuddi amakisi Hamza ibn Abdullmuttalibdek shahid bo‘ldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularni bir qabrga dafn qildilar.
Abdulvohid Hamidning “Payg‘ambar sahobalari” asaridan

18 комментариев к “Abdulloh ibn Jahsh”

  1. Уведомление: a knockout post

  2. Уведомление: WordPress Hosting

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: ruger mark iv threaded barrel

  6. Уведомление: wow slot

  7. Уведомление: dmt vape australia

  8. Уведомление: 토토벳스핀

  9. Уведомление: Paradise hennesy

  10. Уведомление: dweebs candy

  11. Уведомление: psychotherapy website design

  12. Уведомление: best cvv bins

  13. Уведомление: emergency call out

  14. Уведомление: roof skylight

  15. Уведомление: 다시보기

  16. Уведомление: Anavar in australia

  17. Уведомление: poppenhuis

  18. Уведомление: auto swiper

Комментарии закрыты.