Abu Mansur al-Moturidiy (vafoti 945)

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Mansur al-Moturidiy sunniy eʼtiqodidagi ikki yirik yoʻnalishdan biri boʻlmish Moturidiya yoʻnalishining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida maʼlumotlar juda ozdir. Toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlogʻidan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) boʻlib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki taʼlimni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandda davom ettiradi.
Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga toʻgʻri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti boʻlib, soʻngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga koʻchirildi. Biroq oʻsha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi boʻlib qolaveradi.
Abu Mansur al-Moturidiy tugʻilgan yili haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. U Samarqandda 944–945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga koʻmilgan.
Baʼzi manbalarda uning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida taʼlim olgani qayd etilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom Aʼzam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabilarni oʻzining ustozi deb bilgan.
Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib oʻz bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida koʻplab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda boʻlgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot va mashaoyix mazahab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim maʼlumotlar beriladi. Masalan, quyidagi asarlari nomlari keltirilgan: “Kitab Tavhid” (“Allomani yakkalashlar kitobi”), “Kitab Maqomat”, “Kitab rad avomil lil adila lil kabiy” (“Kaʼbiy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bagʻishlangan kitob”), “Kitab bayon va hum ul-muʼtazila” (“Muʼtazila gʻavgʻolari va undan qoʻrqmaslik haqidagi kitob bayoni”), “Kitab Taʼvilot al-Qurʼon” (“Kurʼon taʼvili kitobi”).
Lekin Hoji Xalifaning (1609–1659) “Kashf az-zunun an-asomil kutub va-l-funun” (“Kitob va fanlar nomlari haqidagi shubhalarni bartaraf etish kitobi”) kitobida eʼtirof etilishicha, yana Abu Mansur al-Moturidiyning “Ma hazi ash-shariʼa” (“Shariat asoslari sarasi”), “Kitab al-jadal” (“Dialektika haqida kitob”) kabi asarlari ham boʻlgan. Bulardan tashqari al-Moturidiyning “Kitab al-usul” (“Diniy-taʼlimot usuli kitobi”) asari ham maʼlum.
Abu Mansur al-Moturidiyning koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.
Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan “Kitab Tavhid” – asari bizning davrimizga yetib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.
U islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganib, fiqhga va kalomga oid asar yozadi.
Bu al-Moturidiyning “Taʼvilot ahli sunna” yoki boshqa bir nomi “Taʼvilot al-Qurʼon” deb nomlanadi. Al-Moturidiy bu asarida sunniy aqidaga (taʼvilda) zid qarashlarni rad qilishga harakat qiladi va Abu Xanifaning qarashlariga suyangan xolda ish koʻradi. Bu asar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. “Taʼvilot”ning birinchi jildi Qohirada 1971 yilda Ibrohim Avadayn va as-Said Avadaynlar tomonidan nashr etilgan.
Al-Moturidiyning bu birgina asari tarix jarayonida koʻp allomalar asarlariga asos solgan, ular ijodiga turtki boʻlgan.
Shulardan biri Alovuddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiyning sharhidir. U “Sharqtaʼvilot ahpi as-sunna” deb nomlanib, Institut fondida bu asarni ikkita nusxasi saqlanadi.
Shu bilan birga al-Moturidiy nomi ostida yozilgan bir necha soxta asarlar ham maʼlumdir. Masalan: “Favoid” (qoidalar), boshqa nomi “Pandnoma”, “Kitob al-Usul”, “Sharh al-Fiqh al-Akbar” asarlari shular jumlasidandir. Bu al-Moturidiyning diniy ilmlar namoyandalari orasida qanchalik mashhur boʻlganligidan dalolat beradi.
Al-Moturidiy koʻp shogirdlar yetishtirdi, ular orasida islom olamiga mashhur allomalar: Abu-l-Hasan ar-Rustugʻfaniy (vafoti 961), Isʼhoq ibn Muhammad as-Samarqandiy va Abdu-l-Karim al-Pazdaviy (vafoti 999), Abu Ahmad al-Iyodiy kabi olimlar bor edi. Shogirdlari oʻz ustozlarining taʼlimotini davom ettirishganligi tufayli Hanafiya mazhabidagilar ichida Moturidiya yoʻnalishi vujudga kelgan.
Abu Mansur al-Moturidiyning zamondoshlari hamda hamfikrlaridan mashhur fihq olimi Abu-l-Qosim Hakim as-Samarqandiyni alohida koʻrsatib oʻtish lozim. Bu olim Samarqandda tugʻilib, butun umrini shu yerda oʻtkazgan (vafoti 953). Fiqh va kalom sohasida mashhur boʻlgan.
Abu Mansur umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqatda boʻlgan va munozarlar olib borgan. U islom dini Hanafiya mazhabini Movarounnahrda tarqatish va oʻzidan keyingi avlodlarga qusursiz yetkazish ishiga muhim hissa qoʻshdi.
Al-Moturidiy nafaqat fihq, kalom ilmiga oid, balki boshqa fanlarga oid asarlar ham yozgan deb aytish mumkin. OʻzR FAning Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan al-Moturidiyning ovchilikka oid asari bunga dalil boʻladi. Bu asarning bir qoʻlyozma nusxasi “Risola jonvor doriy” (“Jonvorlarga oid risola”) deb nomlangan boʻlib, unda ovchi qushlarni boqish haqida fikr yuritiladi. Bu asarda ovchi burgutlarning har xil zotlari, ularning tashqi koʻrinishlari, oziqlantirish, ovga yaroqliligi bilan bir qatorda koʻpaytirish, izi va chatishtirish usullari kabi masalallr haqida gap boradi.
Al-Moturidiy oʻz davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zoʻr ehtirom bilan tilga olinadi.
Al-Moturidiyni ulugʻlab “Imom al-Xuda” va “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yoʻli imomi va mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Movarounnahr – Markaziy Osiyo xalqlari turli falsafiy, tabiiy, aniq fanlar, adabiyot, sanʼat sohalarida dunyoga mashhur siymolar, allomalar bilan birga islom nazariyasi, diniy ilmlar boʻyicha ham al-Moturidiydek butun musulmon olamida nom qozongan olimlarni ham yetishtirib chiqardilar.

21 комментарий к “Abu Mansur al-Moturidiy (vafoti 945)”

  1. Уведомление: escortes Limoges

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: mossberg 590a1 for sale

  4. Уведомление: จำนองที่ดิน

  5. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  6. Уведомление: บุหรี่ไฟฟ้าพร้อมสูบ

  7. Уведомление: ยืม เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี ได้จริง

  8. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale online

  9. Уведомление: snowflake lower

  10. Уведомление: maxbet

  11. Уведомление: Best universities in Africa

  12. Уведомление: Key Wall Safe

  13. Уведомление: their website

  14. Уведомление: lsd drugs pic,

  15. Уведомление: rudee11

  16. Уведомление: 토렌트 다운

  17. Уведомление: Buy magnum research guns

  18. Уведомление: get More Info

  19. Уведомление: Online medicatie kopen zonder recept bij het beste Benu apotheek alternatief in Amsterdam Rotterdam Utrecht Den Haag Eindhoven Groningen Tilburg Almere Breda Nijmegen Noord-Holland Zuid-Holland Noord-Brabant Limburg Zeeland Online medicatie kopen zonder r

  20. Уведомление: https://www.kirklandreporter.com/reviews/phenq-reviews-fake-or-legit-what-do-customers-say-important-warning-before-buy/

  21. Уведомление: grote blote borsten

Комментарии закрыты.