Abu Dabi shahri, BAA

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Dabi shahri, BAA ??

Abu Dabi – Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti. Abu Dabi amirligining ma’muriy va savdo-transport markazi. Aholisi 921 ming kishi (2013). Fors qo‘ltig‘i sohilidagi port shahar. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neft qazib olinadigan rayonning markazi. Neft qayta ishlanadi. Fors qo‘ltig‘i bo‘yida Zayd dengiz porti bor. Port orqali asosan neft, neft mahsulotlari va siqilgan gaz eksport qilinadi.

Оставьте комментарий