Atoyining “Jamoling vasfini qildim chamanda” g’azali. (tahlil)

DO`STLARGA ULASHING:

G’AZAL  TAHLILI:
  Atoyining  “Jamoling vasfini qildim chamanda”  g’azali.
         Jamoling  qildim  chamanda,
         Qizordi  gul  uyotdin  anjumanda.
         Tamonno  q la’lingni  ko’nglim,ilg’ali
         Kishi  bilmas  onikim, qoldi  qanda.
         Chu  jonimdin  aziz  jonona  sensen,
         Kerakmas  jon  manga  sensiz  badanda.
         Manga  ul  dunyoda  jannat  ne  hojat,
         Eshiging  tuprog’i  basdur  kafanda.
        Solib  borma  meni  ey, Yusufi  husn,
        Bukun  Ya’qubtek  bayt  ul-hazanda.
        Uzun  sochingdin  uzmasmen  ko’ngulni,
        Ayog’ing  qanda  bo’lsa, boshim  anda.
        Tilar  el  mansabi  oily  va  lekin,
        Atoyi  sarvi  ozodingg’a  banda.
         Jamoling  qildim  chamanda,
        Qizordi  gul  uyotdin  anjumanda.
         Tamonno  q la’lingni  ko’nglim,ilg’ali
         Kishi  bilmas  onikim, qoldi  qanda.
         Chu  jonimdin  aziz  jonona  sensen,
         Kerakmas  jon  manga  sensiz  badanda.
         Manga  ul  dunyoda  jannat  ne  hojat,
         Eshiging  tuprog’i  basdur  kafanda.
        Solib  borma  meni  ey, Yusufi  husn,
        Bukun  Ya’qubtek  bayt  ul-hazanda.
        Uzun  sochingdin  uzmasmen  ko’ngulni,
        Ayog’ing  qanda  bo’lsa, boshim  anda.
        Tilar  el  mansabi  oily  va  lekin,
        Atoyi  sarvi  ozodingg’a  banda.
    QOFIYANING  TUZILISHIGA  KO’RA  TURLARI.
  She’r misralarida so’zlarning  o’zaro  ohangdoshlik  hosil  qilishi  qofiya  hisoblanadi.
        Yurtim  senga  she’r  bitdim  bu  kun,         a
        Qiyosingni  topmadim  aslo.                        b
        Shoirlar  bor  o’z  yurtim  butun,                 a
        Olam  aro  atagan  tanho.                             b
       Ular  she’ri  uchdi  ko’p  yiroq                     a
       Qanotida  kumush diyori.                             b
       Bir  o’lka  bor  dunyoda  biroq,                    a
       Bitilmagan  dostondir  bari.                          b
   Qofiyaning  asosini  raviy  tashkil  qiladi. Raviy  so’zi  arabcha  so’z  bo’lib, “yukni  tuyaga  boog’lovchi  arg’amchi” degani.
   Raviy qofiyadosh  so’zlar  tarkibida  aynan  takrorlanuvchi  so’z  bo’lib, o’zak  yoki  negiz  tarkibida  hosil  bo’ladi. She’r misralarida  qofiyadosh  so’zlarning raviy  bilan  qo’llanishiga  qarab, qofiya  quyidagi turlarga bo’linadi:
  1)Mujarrad qofiya.
Bu qofiyada raviy 1 ta tovushdan iborat bo’ladi:a)cho’ziq unlidan; b) qisqa unlidan so’ng qo’llangan undosh tovushlar.
Misol: a) Ashk  xun ruxsor zard-u dil hazir tol’e qaro,
               Dard gunogunfalak dun ahli davron bevafo.
Misol: b) Chamanlar sayrig’a kelgilki fasli, navbahor o’lmish,
               Riyozi xuld yanglig’ tog’-u sahro lolazor o’lmish.
 2)Murdaf qofiya.
Murdaf qofiyada  raviy tovushidan oldin cho’ziq o unlisi qo’llanadi.
Misol:  Ey  mening  nozik  nihol  oromi  jonim  qaydasan,
            Bu  ko’ngul  bo’stonida  g’uncha dahonim  qaydasan?
  M2:   Ne  yanglig’da  qoshingda arzu  holim,
            Ki  qolmas  oni  ko’rgach  hech  majolim.
3)Muqayyad qofiya.
Bu qofiya turida qo’sh undosh qisqa unlidan so’ng raviy bo’lib keladi.
 Misol: Tushiga  kirdi  ham  bu  oliy  dayr,
             Ki  qilur  erdi  anda  har  sori  sayr.
    M2: Gahe  hotam  uyolur  bazm  ichinda
           Gahe  Rustam  yuponur  razm  ichra.
4)Muassas qofiya.
Bu qofiyada o unlisi bilan raviy o’rtasida bir undosh va bir unli kelgan qofiya muassas qofiya hisoblanadi.
 Misol: Junun  ta’vizig’a  ko’rganda  moyil,
            Qo’l  etsam  erdi  bo’ynunga  hamoyil.
    M2: Gar  yetar  ag’yordin  yuz  ming  jarohat,
            Lek  bordur  yor  uchun  ham  ayshu  ham  rohat.
  Qofiya raviy bilan tugasa muqayyad qofiya hisoblanadi. Raviydan so’ng yana harflar davom etsa, mutlaq qofiya hisoblanadi.
 Misol: Derlar  menga  “Ishqni  unutg’il”,
            Layli  g’amidin  kanora  tutg’il.

Оставьте комментарий