Balli qizlar

DO`STLARGA ULASHING:

Zal gullar,sharlar bilan bezatilgan,har bir qizning suratlari electron ko’rgazmalar orqali ko’rsatib boriladi.Qizlar zalga musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.
Shahrinoz:
Osmondagi Oydayin
Yoyilib oqqan soydayin
Davramizga fayz bergan
Hamma:Onaxonlarga salom
Mavzuna
Yuzlarimiz gul qilgan
Savodimiz mo’l qilgan
Ta’lim tarbiya bergan
Hamma:Ustozlarga ming salom
Nargiza
Atlas ko’ylak kiyganlar
Yugurib xizmat qilganlar
Chaqqonlikdan dars bergan
Hamma:Quvnoq qizlarga salom
Mohira
Bayram deb yig’ilganlar
Sher qo’shiqqa ilinganlar
Tadbirga navo bergan
Hamma:San’atkorlarga ming salom
Mehrinoz:Qora ko’zi munchoqday
Darsga zehni quchoqday
Maktabda bayram ekan
Hamma:Barchangizga ming salom
Ruxsora
Kim oqilu kim dono
Muhomakaga kelgan
Odil qarorni beruvchi
Hamma:Hakamlarga ming salom
Nozanin
Boshlang’ichim deb yugurgan
Kamchiligin yashirgan
Bellashuvga chaqirgan
Hamma:Direktor o’rinbosariga salom
Bizning guruh:Jajji malaklar.
Bizning shior:Ilm-u hunar o’rgansang,o’rgan mukammal.
1-shart:Tanishtiruv
Shahrinoz
Guruhimizga bordir
Yetti go’zal qiz
Siz bilan belashish uchun keldik biz
Keling bellashib
To’lsin safimiz
Qatnashchilarimiz bilan tanishtiramiz
Jilmayadi kuladi
Yuzi oydek to’ladi
Hayron bo’lmang ey do’stlarim
Mavzunaxon bo’ladi
Mavzuna
Sinfimiz a’lochisi
Zulfixonim davomchisi
Hamma ishda sardorimiz
Nargizaxon qizimiz
Nargiza
Charosdir ko’zlari
Qop-qoradir qoshlari ham
Guruhimiz a’zosi
Mohiraxon boladi
Mohira
Yuzlaridan tabassum
Hech arimas
Bellashuvga bel bog’lagan
Mehrinozxon yengilmas
Mehrinoz
Kiyinish odobida
Chegaradan chiqmagan
Katta kichikka bir xil
Doim hurmatda bo’lgan
Ruxsoraxon bo’ladi.
Ruxsora
Unga teng kelolmas hech kim
Ozodalik bobida
Chevaru pazandamiz
Nozaninxon qizimiz
Nozanin
Biz doim boramiz
Allomalar izidan
Baxt va quvonch yashnab turar
Qatnashcilar yuzidan
Bu yerga yig’ilishdan
Maqsad bittadir
Qadriyatlar doim
Bizga kerakdir
Mavzuna
G’olib bo’ldik bizlar deb mag’rurlanmangiz
Chunki do’stlik
Har yerda
Har vaqt kerakdir.
2-shart:Bahru-bayt.Adizova Shahrinoz
3-shart:To’qish mahorati.Raxmatova Ruxsora
4-shart:Qizlar oshxonada:Nosirova Mavzuna va Idrisova Nozanin

5-shart:Jismoniy tarbiya.Bunda qizlar kalso aylantirishadi.Bahodirova Mohira.
6-shart:Sahna ko’rinishi.O’quvchilar hayotidan lavhalar.

Оставьте комментарий