DO`STLARGA ULASHING:
Beldagi yog’larni yo’qotishning ishonchli usuli
Agar tavsiyalarga toʻliq amal qilsangiz, bir oy ichidayoq bel va qorin sohasidagi ortiqcha yog’lardan qutilishingiz mumkin:
? Ovqatlanish tartibini o’zgartiring.
Ko’proq mevalar va sabzavotlarni iste’mol qiling. Har kuni 3 mahal asosiy taomlanish vaqtida kamida 5 xil sabzavot va ko’katlarni iste’mol qilishga odatlaning.
? Toza suv iching.
Tana vazningizga qarab, kuniga 2-2,5 litrgacha toza va xona haroratdagi iliq suvni iching. Suv ochlik hissini kamaytirishga va organizmdagi toksinlarni yuvib tashlashga yordam beradi.
? Velotrenojyorda mashq qiling, suzish, raqs va kardio mashg’ulotlarini birlashtiring. Haftalik treninglarning umumiy vaqti 3-4 soatdan kam bo’lmasligi kerak.
?️ Bel va qorin mushaklarini chiniqtiradigan mashqlarni bajaring. Masalan, tepaga qarab yotgan holda oyoqlarni qaychisimon harakatlantirish, alpinist va planka mashqini bajarish.
Mashqlar yanada samarali bo’lishini istasangiz, 1FIT bilan shug’ullanishni boshlang — ilovada 200 ga yaqin sport klublaridagi qulayliklar sizni kutmoqda!