BIOS va UEFI nima?

DO`STLARGA ULASHING:

BIOS va UEFI nima?
#atama / #info
ℹ️ BIOS — (basic input/output system yoki asosiy kirish / chiqish tizimi) — (energiya talab qilmaydigan) ona plataga o’rnatilgan dastur.
⚡️Uning funksiyalari:
• Operatsion tizimni yuklash;
• Qurilmalarni izlash va diagnostika qilish;
• Qurilmani sozlash uchun interfeysni taqdim etish.
⚡️Eng ko’p bajaradigan sozlamalari:
• Kuler aylanish tezligi;
• Ona plata uchun ishchi chastotani belgilash;
• Qo’shimcha qurilmalarni yoqish / o’chirish;
• Yuklanish ketma-ketligi (qaysi qurilmalardan boshlab kompyuterni yuklanishi).
⌨️ Ko’pincha BIOS’ga kirish uchun kompyuter yonish paytida F2 tugmasi bosiladi. Bu esa kompyuter disk yoki fleshkadan yuklanishini tanlash uchun kerak bo’ladi. BIOS’da qurilmalarni aniqlash imkoniyati ta’minlaganligi sababli, kamdan-kam hollarda, yangi qurilma BIOS’ning eski versiyasi bilan ishlamasligi mumkin. Bunday holda, BIOS’ni yangilash kerak.
Yangi kompyuter va noutbuklarda yangi versiya — UEFI o’rnatilgan.
——————————————————————————
UEFI nima?
ℹ️ UEFI — (Unified Extensible Firmware Interface yoki birlashtirilib kengaytiriladigan dasturiy ta’minot interfeysi) — ona plataga o’rnatilgan mikrodastur. BIOS’ni o’rnini bosish uchun yaratilgan. BIOS’ga o’xshab, u qurilmani past darajada boshqaradi va kompyuterni dastlabki sozlashini ishga tushiradi.
⚡️Yangi tizimning asosiy imkoniyatlari:
• O’rnatilgan yuklash menejeri.
• Sozlamalar uchun shaxsiy grafik interfeys.
• Operatsion tizimni GPT-disklardan yuklash imkoniyati.
• NVRAM ishlamay qolgandan keyin xatoliklarni saqlash (agar iloji bo’lsa, OS tomonidan).
UEFI kompyuterni USB fleshkadan yuklashga yoki Windows (7 va undan pastda) va Linuxning oldingi versiyalarini o’rnatishga xalaqit berishi mumkin. Bunday holda, uni o’chirib qo’yish mumkin. Buning uchun UEFI’da Legacy’ga o’tkazish yoki Secure Boot’ni o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.
Mikrodasturni turi (BIOS yoki UEFI) ni aniqlash uchun sozlamalarga kirish yetarli bo’ladi. Agar sichqoncha yordamida sozlash qobiliyatiga ega grafik interfeys bo’lsa, bu UEFI’dan foydalanishni anglatadi. © dmosk.ru

Оставьте комментарий