Bolalarda enterobioz

DO`STLARGA ULASHING:

Enterobioz — parazitar kasallik bo‘lib, bu ichaklarni kichik parazitlar bilan zararlanishidan kelib chiqadi.

SABABLARI

Kasallik Enterobius vermicularis (Ostritsa) gijjaning ichakni zararlashi natijasida yuzaga keladi. Kasallik uy-ro’zg’or buyumlari, iflos qo’llar orqali maishiy-kontakt yo’l orqali yuqadi. Shuningdek, infektsiya ifloslangan suv yoki gelmint tuxumlari bilan zararlangan changdan nafas olish yo’li bilan yuqishi mumkin.

BELGILARI

Enterobiozga xos alomatlar:

 kuchli qorin og’rig’i;

 yuzidagi oq dog‘lar;

 tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida)

 uyqu buzlishi(kuchli qichishish hisobiga)

 ko’ngil aynish;

 quruq og’iz;

 anus atrofida qichishish (kechasi yomonlashadi);

 ishtaha pasayishi;

 xotira pasayishi

 yolg’on chaqiriq(defekatsiya);

 meteorizm;

 diareya;

 umumiy intoksikatsiya (bosh og’rig’i, bosh aylanishi).

 DIAGNOSTIKA

Enterobiozni qanday davolashni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlarni amalga o‘tqazamiz:

 umumiy ko‘rik;

 najasni tahlil qilish(Parazitlarga);

 perianal sohadan olingan sutmani mikroskopik tekshirish.

 DAVOLASH

 Ko’p odamlar enterobiozni qanday davolash qiziqtiradi. Enterobioz uchun zarur bo’lgan davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi.

 terapevtik klizmalar;

 anrigelmint preparatlar;

 gigiena rejimiga rioya qilish.

Qo’shimcha ravishda quyidagilar buyuriladi:

 ferment preparatlari;

 polivitaminlar;

 antigistaminlar;

 immunomodulyatorlar.

 Diyeta

 Davolash davrida bemorlarga dietadan tashqari 4-sonli parhez stol buyuriladi:

 un mahsulotlari, non, xamir ovqatlar;

 yog’li go’sht, baliq, parranda go’shti;

 konservalar, dudlangan go‘shtlar;

 tuxum;

 yog’lar (sariyog’dan tashqari);

 sabzavotlar;

 to’yingan bulyonlar;

 rezavorlar, mevalar;

 shirinliklar, asal;

 kofe, kakao;

 gazlangan ichimliklar, kvass;

 spirtli ichimliklar.

ASORATLARI

 Agar bolalarda enterobioz o’z vaqtida davolanmasa, bu quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:

 anemiya;

 disbakterioz;

 gastrit;

 gastroduodenit;

 enterobiotik endometrit;

 enterit;

 allergik reaksiyalar;

 appenditsit;

 proktit;

 vulvovaginit(qiz bolalarda)

 asab tizimining ishidagi buzilishlar;

 perianal sohaning to’qimalarida yallig’lanish jarayonlari.

 PROFILAKTIKASI

 Kasallikning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

 shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;

 oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya qilish;

 suv manbalarining holatini kuzatib borish;

 kanalizatsiya chiqindilarini zudlik bilan tozalash.

©Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий