AYOLLAR DAFTARIDAN CHIQARIB YUBORISH.

DO`STLARGA ULASHING:

AYOLLAR DAFTARIDAN CHIQARIB YUBORISH.

⚡️SAVOL;
Men ayollar daftariga kiritilgan edim. Yaqinda maxallaga borsam siz bir oy oldin ayollar daftaridan chiqib ketgansiz deb aytishdi. O‘zim bilmagan holda daftardan chiqib ketishim mumkinmi ?

⚡️JAVOB;
Ayollar daftaridan chiqarish sektor rahbarlari yoki mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining TAKLIFIGA ASOSAN halq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining qarori asosida bo‘lishi kerak. Qolaversa siz ayollar daftaridan chiqarilganingizdan o‘zingiz bexabar qolishingiz mumkin emas. Sababi siz o‘sha daftardan chiqqaningizdan keyin sizga besh kunlik muddat ichida yozma xabar berilishi shart.

✅ Yoshlar daftariga kiritilganlarni xam temir daftarga kiritilganlarni xam o‘sha daftarlardan chiqarish shu tartibda Deputatlar kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan tashqari kimdir o‘zidan-o‘zi Amerika yaratib sizni u yerdan chiqarib yuborishga haqli emas.

Оставьте комментарий