Bolalarni boshqa bolalarga solishtirish

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarni boshqa bolalarga solishtirish

Bizni ham solishtirishgan, biz ham solishtiramiz. Boshqalar bilan o’zlarini qiyoslashi — bolalarga yaxshi ta’sir qiladi, boshqa bolalarni yaxshi taraflarini o’rganadi, deb o’ylaymiz.

Bugun bolalarimizni boshqa bolaga qiyoslashning yomon taraflari haqida gaplashamiz. Buni bir qancha salbiy jihatlari bor:

1. Bolalar o’zlarini keraklicha yaxshi ko’rilmagan his qiladi, hafa bo’ladi. Buni o’zimiz misolimizda ham ko’rishimiz mumkin. Agar turmush o’rtog’imiz, bizga boshqa odamning turmush o’rtog’ini misol qilib ko’rsatsa, albatta jahlimiz chiqadi. Qiyoslangan odamni yomon ko’ra boshlaymiz, turmush o’rtog’imizga esa “o’sha odam bilan oila quring” unday bo’lsa degimiz keladi. Bolalarda ham huddi shunday…

2. Bolalarni doimiy boshqalar bilan o’zini qiyoslashga odatlantirib qo’yasiz. Albatta, bu yomon, chunki bolalarning qobilyatlari xar hil. Biz doim kimdandir qandaydir masalada ustun, qandaydir masalada noqismiz. Bolalar — o’zidan kuchlilar bilan o’zlarini qiyoslab o’zlariga ishonchi yo’qoladi, yoki aksincha holda g’ururlanib ketishi mumkin.

3. Doimiy qiyoslangan bola o’zi kim ekanligi nimalar xohlashini unutib qo’yishi mumkin. Yani, eng sevimli kishilari — ota-onasi xohlagan odamga o’xshashga bo’lgan xohish, bolalarni o’zlari qanday ekanligi, nima xohlashlarini unuttirib qo’yishi mumkin. Natijada, farzandingiz o’zga odam hayotini yashab, baxtli bo’la olmay qolishi mumkin.

4. Qiyoslash o’zingizga ham zarar qilib qolishi mumkin. Bolalar kichkina yoshlarida hafa bo’ladi, lekin hech narsa demaydi. Katta yoshdagi bolalar esa, o’zingizga huddi shunday javob qaytarishi mumkin. Ya’ni, kimnidir ota-onasi bilan sizni qiyoslaydi. Ota-onalar va imkoniyatlar ham xar hil, sizdan imkoniyati, bolalari uchun vaqti ko’plari bilan qiyoslanishingiz ko’nligizni og’ritadi. Siz ular uchun boringizi bersangizu ular boshqalarni gapirsa…

Qiyoslanishi mumkin bo’lgan shaxs — Payg’ambarimiz salollohu alayhi va sallam va u zotning sahobalaridir. Payg’ambarimiz alayhissalomning go’zal hayotlari biz uchun komil musulmon bo’lib, chiroyli hayot kechirishimizga eng munosib na’munadir.

Keyingiz safar farzandingizni tanqid qilmoqchi bo’lsangiz, ehtiyot bo’ling! Boshqalarning yaxshiligini emas, farzandingizdan nega xafa ekaningizni, agar siz xohlaganday bo’lsa, hursand bo’lishingizni ayting.

Оставьте комментарий