Butunjahon qullikka qarshi kurashish kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 2-dekabr – Butunjahon qullikka qarshi kurashish kuni

Butunjahon qullikka qarshi kurashish kuni har yilning 2-dekabr sanasida nishonlanadi.

Aynan mana shu kunda BMTning bosh assambleyasi tomonidan odam savdosiga qarshi kurash haqidagi konvensiya qabul qilingan.

Qullikka qarshi kurash ushbu tushunchaning oʻzi paydo boʻlgan vaqtlardan beri davom etib keladi.

Ammo, tarixda qullik tushunchasi meʼyoriy holatga aylanib qolgan davrlar ham boʻlgan. Bugungi kunda qullik dunyoda taqiqlangan boʻlishiga qaramay, butunlay yoʻq boʻlib ketmagan.

Ushbu sanada jamoatchilik eʼtibori majburiy mehnat, jinsiy qullik, majburiy nikoh, kelinlarni sotish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va ulardan harbiy mojarolar vaqtida foydalanish, odam savdosi masalalariga qaratiladi.

Оставьте комментарий