Hikmatli so’zlar

O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida

Eng qiyini o‘zingni anglay bilishingdir. FALES Kishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi mumkin. O‘z burchingni ado et, o‘sha zahoti o‘zingni anglaysan. I. GYoTE Inson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi. I. GYoTE Burchingni ado etishga harakat qil, shunda

O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida Читать далее »

O‘zni tuta bilish to‘g‘risida

Hamma g‘alabalar o‘z ustingdan qozonilgan g‘alabadan boshlanadi. L. M. LEONOV Haqiqiy buyuklik o‘zni tuta bilishdan iborat. F. LAFONTEN O‘zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne’matlarning biridir. J. PRENTIS O‘zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo‘ladi. SENEKA Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir. DEMOKRIT O‘z ruhini bo‘ysundirgan kishi

O‘zni tuta bilish to‘g‘risida Читать далее »

Faoliyat haqida

Insonning vazifasi oqilona faoliyatdir. ARASTU Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi, endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi. G. BOKL Inson faoliyat uchun yaratilgan. Faoliyatsizlik esa yo‘qlik degan so‘z. F. VOLTER Hayot bilan faoliyat alanga va yorug‘lik singari o‘zaro chambarchas bog‘langandir. F. N. GLINKA Ish qilishdan to‘xtasak — yashashdan to‘xtaymiz. B. ShOU

Faoliyat haqida Читать далее »

Xarakter sinovi

Taqdirning bevafoligi mard odam yo‘lidagi sinov toshidir. T. FULLER Baxtsizlik xarakterni obdan sinovdan o‘tkazadi. O. BALZAK Musibat inson hayotining qayrog‘idir. L. N. TOLSTOY Baxtsizlik maktabi eng yaxshi maktabdir. V. G. BELINSKIY Musibat kishilar va xalqlar xarakteridagi kuchlarni hamma narsadan ham ko‘proq ochadi. N. M. KARAMZIN Baxtsizlik temirchining bolg‘asiga o‘xshaydi: ham majaqlaydi, ham toblaydi. K. BOUVI

Xarakter sinovi Читать далее »

Xatolarga munosabat haqida

…Hech bir amaliy ish qilmaydigan odamgina xato qilmaydi. V. I. LENIN Hech nima qilmaydigan odamgina xato qilmaydi, holbuki uning asosiy xatosi ham shudir. A. N. TOLSTOY Shunday odamlar borki, hech qanday aqlli fikrlar bilan mashg‘ul emaslar va shuning uchun ham hech qachon adashmaydilar. I. GYoTE Shunday odamlar borki, ularning bor xizmati hech nima qilmaslikdir. V.

Xatolarga munosabat haqida Читать далее »

Xulq madaniyati haqida

Barcha fazilatlar singari o‘zni tuta bilish ham mashq orqali rivojlanadi. Kimki katta yoshga yetganda o‘z ehtiroslarini boshqarishni xohlar ekan, bunga u yoshligidan o‘rganmog‘i lozim. G. SPENSER Qiziqqon odam har doim ham badfe’l bo‘lavermaydi. Biroq odam qanchalik shiddatli va toz bo‘lsa, u o‘zini tutish ko‘nikmasiga ham ko‘proq ega bo‘lishi kerak. N. V. ShELGUNOV Insonning tushunmay va

Xulq madaniyati haqida Читать далее »

Xulq-atvor to‘g‘risida

Madaniyat to‘g‘risidagi tushuncha nihoyatda keng — u yuz yuvishdan tortib, inson tafakkurining eng yuksak cho‘qqilarigacha boradi. M.I. KALININ Inson o‘z ishlarining in’ikosidir. F. ShILLER Inson o‘zining qator xulq-atvoridan boshqa narsa emas. G. GEGEL Inson — xulq-atvor jarayonidir. A. GRAMShI Aqli ravshan, axloqiy pok va jisman ozoda bo‘lish kerak. A. P. ChEXOV Ynsonda hamma narsa: yuz

Xulq-atvor to‘g‘risida Читать далее »

Hayot mohiyati haqida

Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha quvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog‘liqdir. N. G. ChERNIShEVSKIY Shunday yashamoq kerakki, toki hayotga cheksiz talablar qo‘yish mumkin bo‘lsin. A. BLOK Har bir kishining hayoti — agar u o‘zini inson deb tushunsa, o‘zini tor egoistik manfaatlar yo‘lida emas, balki qandaydir

Hayot mohiyati haqida Читать далее »