CHIMILDIQDAN QO’RQADIGAN QIZLARGA MASLAHAT

DO`STLARGA ULASHING:

Bu kabi holatlar turmushga chiqayotgan qizni nikoh kechasiga noto`g`ri tayyorlashning salbiy oqibatlaridan biri desa bo`ladi. Odatimizga ko`ra, kelinni nikoh kechasiga yangalari tayyorlaydi. Ularning gapini, albatta, inobatga oling. Ammo atrofingizdagi insonlar, dugonalaringizni har bir aytgan gapiga chin deb qarayvermang. Bu jarayon haqida turli salbiy fikrlarni eshitib, ko`p qon ketishi yoki kuchli og`riqdan qo`rqish sizni qiynashi tabiiy. Ammo oddiygina shamollashni har kim turlicha o`tkazgani kabi, ilk qovushish onlari ham hammada har xil kechadi. Bunda ikki yosh ham masalaga ehtiyotkorlik va e`tibor bilan yondashishi lozim.

Juftingizga ishoning!

Qarshingizdagi yigitni to`ydan avval sevmagan bo`lsangiz ham, uni ko`rib, bilib, to`yga rozilik bildirgansiz. To`yning dabdabali tomoshasi 4 soat davom etadi xolos, oldinda sizni pastu balandliklar, so`qmoqlarga to`la oilaviy hayot yo`li kutmoqda. Buni sizga tushuntirib o`tirishning hojati bo`lmasa kerak. Axir nikohga rozilik bildirishdan avval bu inson farzandlaringiz otasi, sizning esa tog`dek suyanchig`ingiz bo`lishini bir on bo`lsa-da tasavvur qilgansiz. Unga kelajagingizni ishonib topshirgan ekansiz, nega endi bu borada ikkilanasiz?! U onasi ko`rsatgan, tanishlari tavsiya qilgan go`zallar orasidan aynan sizni yori deb bildi, avlodining davomini faqat sizga ishondi, oilasini gullab-yashnatishingizni istadi! Shuning o`zi sizga etarli emasmi?!

Cho`chimang, hammasi yaxshi bo`ladi!

Juftlik o`rtasida muhabbat rishtalari bo`lishi juda muhim va shart! Kuyovingizdan cho`chimang, uni «yaqin insonim» deb qabul qiling. Ba`zi hollarda kelinning kuyovni yoniga yaqinlashtirmasligi vaginizm kasalligi oqibatida ham bo`ladi. Bu kabi muammoga duch kelgan juftliklarga, avvalo, kelinni ginekolog ko`rigiga olib borish, undan keyin esa seksapotolog qabuliga borish tavsiya etiladi. Vaziyat ijobiy tomonga hal bo`lishi uchun masalaga bee`tibor bo`lmang. Yodda tuting, vaqtni cho`zib yurishingiz jinsiy yaqinlik ro`y berishini yanada qiyinlashtiradi. Er-xotin o`rtasida sovuqchilik, tushunmovchilik paydo bo`lishi mumkin, bu esa muammoni chigallashtiradi. Tabibu azayimxonlarga qatnagandan ko`ra, malakali mutaxassisdan yordam so`rang.

Qars ikki qo`ldan chiqadi

Turli mayda gap-so`z, yangi muhitga ko`nikish, qaynona- qaynotaning xizmati, uyalib ovqatlana olmaslik, qimtinib yurish kelinni kuchli ruhiy stress holatiga tushirishi mumkin. Ishoning, bu vaqtinchalik holat. Kelin shu uyning qozonida qaynay boshlashi bilan hammasi o`tib ketadi. Buning uchun esa kuyovdan faqat vaqt, sabr va e`tibor talab qilinadi. Kelin ham o`z navbatida juftining ko`ksidan itarmay, uni o`ziga hammadan ko`ra yaqin bilishi lozim. Qo`rquv ketib, istak uyg`onishi uchun balki romantik film yoki shunga o`xshash muhit yaratilishi kerakdir.

O`ylab ko`ring.

Baxtli hayot tomon chiptani boy bermang
Yotoqxonada qafasga tushgan qushdek cho`chib turish kuyovdan uyalganlik belgisidir. Lekin bu iymanish hayotingizni zaharga aylantirishiga yo`l qo`ymang! Hamma narsani o`z chek-chegarasi bor! Nainki birinchi nikoh kechasi, balki bir umrlik hayotingiz aynan ilk marotaba qilgan hatti- harakatlaringiz bilan belgilanishini bilasizmi?

O`zingizni bo`sh qo`ying.

Qarshingizda barcha istagingizni muhayyo qilishga shay turgan eringizning ra`yini qaytarmang! Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, oilaning baxti er-xotin o`rtasidagi nozik munosabatlarga bog`liq. Siz ham baxtlilar safida bo`lishni istamaysizmi? Nega unda «qo`limdan kelmaydi, qo`rqaman» deb noliysiz?!

Ayollik, onalik nasib qilsin!

Onangizga bir qarang! Qanday baxtli ayol! U ikki-uchta farzandning onasi, otangiz ardog`idagi ojiza… Yoki qaynonangizni olaylik… Atrofida o`g`illari, kelinlari parvona! Qaynotangiz bilan dasturxon boshida katta uyning bekasi bo`lib o`tiradi. Qattiqqo`l qaynotangiz ham uning har bir gapini inobatga oladi. Siz ham ular kabi bo`lishni xohlamaysizmi? Ona bo`lishni, ayollik baxtini to`liq his qilishni o`zingizga ravo ko`rmaysizmi? Agar xotinlik vazifalari shu qadar dahshatli bo`lganida edi, ko`zining qorachig`idek asrab-avaylagan ota-onangiz sizni turmushga bermagan bo`lardi.

Hayotingiz o`z qo`lingizda!

Sizni qo`rqitish yoki cho`chitishdan yiroqmiz. Ammo bu gapni aytmasak bo`lmaydi! Sizni yagona yori deb bilgan juftingizni yaqinlik qilish fikridan qaytib qolishiga yo`l qo`ymang! Rafiqasi bilan ko`ngildagidek turmush kechirib turib ham xiyonat ko`chasiga kirgan erkaklar qancha. O`zini sinab ko`rish maqsadida eringiz ham shunday yo`l tutmaydi, deb kim kafolat beradi? Uni keyin ortiga qaytarolsizmi? Nima bilan?! Yaxshisi, vaziyatni hozirdan tuzating. So`nggi pushaymon o`zingizga dushman bo`lmasin!

Muallif: TimX, YURAKCHA.RU sayti uchun maxsus!

11 комментариев к “CHIMILDIQDAN QO’RQADIGAN QIZLARGA MASLAHAT”

  1. Уведомление: sbobet

  2. Уведомление: wow slot

  3. Уведомление: touring Miami

  4. Уведомление: psilocybin chocolate bar reviews

  5. Уведомление: Achieving financial freedom

  6. Уведомление: Darknet market links list 2023

  7. Уведомление: Oxymetholon Kaufen

  8. Уведомление: 다시보기

  9. Уведомление: reparatie apple computer

  10. Уведомление: buy pr rolls online

  11. Уведомление: moon rock joint

Комментарии закрыты.