Вы сейчас просматриваете Noutbuk qizishini oldini olish bo‘yicha 10 ta muhim maslahat
💻 Noutbuk qizishini oldini olish bo‘yicha 10 ta muhim maslahat

Noutbuk qizishini oldini olish bo‘yicha 10 ta muhim maslahat

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Texnika
  • Комментарии к записи:0 комментариев

DO`STLARGA ULASHING:

💻 Noutbuk qizishini oldini olish bo‘yicha 10 ta muhim maslahat

🌀 Noutbukingiz kulleri tinimsiz shovqin bilan ishlayaptimi? Bu uning ortiqcha qizayotganidan darak bo‘lishi mumkin. Agar vaqtida chora ko‘rilmasa, bu protsessor va boshqa qismlarga zarar yetkazadi. Quyida qizishni tezda bartaraf etish va oldini olish usullarini keltiramiz.

1️⃣ Yuza qismi yopiq, yumshoq, changli joylarda ishlatmang — noutbukni yostiq, krovat yoki gilam ustida ishlatish havo aylanishini to‘sadi. Har doim qattiq va tekis yuzada ishlating.

2️⃣ Yiliga bir marta profilaktika qiling

Yangi ofis noutbuklari — 2 yildan keyin.

O‘yin (gaming) noutbuklari — yiliga bir marta.
Changlarni tozalash va sifatli termopasta surtish juda muhim.

3️⃣ Avtozagruzkani optimallashtiring

Ishga tushganda avtomatik ochiladigan ortiqcha dasturlar protsessor va operativ xotiraga ortiqcha yuklama beradi, natijada noutbuk tezroq qiziydi.

Sozlash usuli (Windows 10/11):

1. Ctrl + Shift + Esc tugmalarini bosing (Task Manager ochiladi).

2. Startup bo‘limiga o‘ting.

3. Keraksiz dasturlar ustiga bosib, Disable ni tanlang.

 

Antivirus, tizim drayverlari kabi muhim dasturlarni o‘chirib qo‘ymang.

4️⃣ Litsenziyali Windows ishlating — virus va zararli dasturlar qizishga sabab bo‘lishi mumkin. Litsenziyali tizim xavfsizroq ishlaydi.

5️⃣ Quvvatlagichni doim ulangan holda ishlatmang — batareya ortiqcha isiydi va umrini qisqartiradi.

6️⃣ Original quvvatlagich ishlating — boshqa modellarga mo‘ljallangan zaryadlovchi kuchlanishni noto‘g‘ri beradi, bu esa qizish va hatto anakart shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Agar originalini topa olmasangiz, bir pog‘ona yuqoriroq quvvatli (masalan, standart 65W bo‘lsa 90W) quvvatlagich xarid qiling. Quvvati pastroq bo‘lgan zaryadlovchi esa noutbukni ortiqcha qizdirib, ishlashiga zarar yetkazadi.

7️⃣ Sovutgich stend (cooling pad) ishlating — havo aylanishini yaxshilab, haroratni 5–10°C gacha tushirishi mumkin.

8️⃣ Haroratni kuzatib boring — AIDA64, HWMonitor kabi dasturlar yordamida CPU/GPU haroratini tekshirib turing. 85°C dan yuqori bo‘lsa, chora ko‘ring.

9️⃣ Ishlayotgan muhitga e’tibor bering — to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan yoki issiq xonada ishlash qizishni tezlashtiradi.

🔟 Operatsion tizim to‘g‘ri ishlayotganini nazorat qiling — tizimdagi xatolar protsessor va xotiraga ortiqcha yuklama beradi. Windows’ni yangilab turish, disk tekshiruv (CHKDSK) va tizim fayllarini skanerlash (SFC /scannow) qizishni kamaytirishga yordam beradi.

Добавить комментарий