«CHIMYON» SANATORIYASI

DO`STLARGA ULASHING:

Chimyon sanatoriysi Farg‘ona shahridan 32 km masofada, Katran-Tau tog‘ tizmasi yon bag‘rida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltinsoy daryosi vodiysida joylashgan balneologik kurort. Shifobaxsh omillardan — minerallashganligi turlicha bo‘lgan serovodorodli ma’danli suvlardan vannalar, chayishlar maqsadida va dush usulida, shuningdek sulfat-gidrokarbonat-natriyli, kuchsizmineral suvdan ichish uchun foydalaniladi. Baliqli ko‘lining shifobaxsh balchig‘I esa applikattsiya va galvano-balchiq usulida beriladi. Davolash uchun ko‘rsatmalar: asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-harakata’zolari kasalliklari va ginekologik, urologic kasalliklar. Yotoq binolari bir va ikki o‘rinli shinam xonalardan iborat. Alohida binoda bolalar ota-onalari bilan birga davolanishlari uchun sharoit yaratilgan. Sizning xizmatingizda oshxona, madaniyat saroyi, kutubxona, raqs va sport maydonchalari, aloqa bo‘limi, sartaroshxona ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.

Sanatoriyda bemorlar
— Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
— fizioterapiya;
— davolash badantarbiyasi va uqalash;
— psixoterapiya;
— fitoterapiya;
— ozokerit-parafin;
— lazeroterapiya;
— parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.

Manzili: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘i
Telefon: +998735761357
Faks: +998733523561
E-mail: sihatgoh_chimyon@mail.ru

Оставьте комментарий