Diane 35 tabletkasi — kontratseptiv vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Diane 35 tabletkasi — kontratseptiv vosita.

?Preparat analoglari — belara , erika 35 ,

#Diane — 35
#Диане — 35

?Dori shakli : tabletka

?Tarkibi ?

Siproteron atsetat va etinilestradiol moddalari.

?Ta’sir qilishiga ko’ra ?

Kontratseptiv vosita . Jinsiy gormonlar va jinsiy tizim modulyatori.

 

?Qo’llanilishi ?

— Jinsiy gormonlar faoliyati susayganda
— Androgen gormoniga bog’liq soch to’kilishida
— Ayollarda girsutizm kasalligini davolash
— Ayollarda o’rtacha darajadan og’ir bo’lgan akne kasalligida
— Hayz sikli davri buzilgan holatlarda
— Istalmagan homiladorlikdan himoya uchun.

?Qabul qilish usuli ?

Preparatni har kuni bir xil vaqtda kuniga 1 tabletkadan qabul qilish kerak. 21 kun qabul qilingach 7 kunlik tanaffus qilinadi. Va yana qabul qilishda davom ettiriladi. Bir hafta tanaffus vaqtida hayzsimon qon ketishi kuzatilishi mumkin.

Shunday qilib preparatni 21 kun har kuni 1 tabletkadan qabul qilinadi va 7 kun tanaffus qilinadi. Tanaffus 7 kundan oshib ketmaslik kerak.

?Nojo’ya ta’siri ?

— Ayollarda tromboemboliya rivojlanishi mumkin
— Ko»ngil aynish, qusish
— Diareya , qorin sohasida og’riq
— Tana vazni oshishi
— Qon bosimi oshishi
— Hayz sikllari orasida qon ketishlar.
— Ko»krak bezi kattalashishi
— Teri toshmalari va yuzda pigment dog’larni paydo bo’lishi.

❌Qo’llash mumkin emas ?

— Tromb bor holatlarda va tromboemboliyada
— Miokard infarkti kasalligida
— Stenokardiya da
— Bosh miyada qon aylanishi buzilish holatida
— Ishemik insult da
— Qandli diabetda
— Epilepsiya kasalligida
— Jigar o’smalarida va jigarning og’ir kasalliklarida
— Homiladorlik davrida va unga shubha qilinganda
— Emizish davrida mumkin emas.
— Ayollarda menopauza davri tavsiya qilinmaydi
— Jigar sirrozida
— virusli gepatitda

?ESLATMA ?

?Ayollarda xayz sikli to’xtagan bo’lsa ya’ni asosan keksalarda menopauza holatida preparat qabul qilinmaydi.

?Preparatni 7 kundan ortiq to’xtatish ya’ni qabul qilishda tanaffus ni 7 kundan ortiq qilmaslik kerak.

?Preparatni virusli gepatit kasalligidan sog’aygan bemorlarga 6 oy qabul qilmasliklari buyuriladi.

?Kontratseptiv preparatlar tarkubida homiladorlikka qarshi gormonlar bo’ladi.

?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya

Оставьте комментарий