DO`STLARGA ULASHING:
DUGONAJONIM 🧕
Ey mening sirdoshim, qadrdonginam,
Dildoshim, dardoshim, mehribonginam,
Aytolmayman ba’zan dilimda borim,
Joning omon bo‘lsin dugonajonim!
Sendayin qalbimni tushunmas hech kim,
Bemor bo‘lib qolsam kuyunmas hech kim,
Sen mening yashnagan gulim, bahorim,
Joning omon bo‘lsin dugonajonim!
«Do‘stingman» dedilar qasamlar ichib,
Sirimni bildilar , ketdilar kechib,
Doim yonimda bo‘l ey beozorim,
Joning omon bo‘lsin dugonajonim!
Kel bir bag‘ringga bos, o‘ltiraylik jim,
Menga sendan o‘zga keramas hech kim.
Ko‘zlari humorim, shirinzabonim,
Joning omon bo‘lsin dugonajonim
👉 @Salomatlik_uz 💊