Ammajonlarim (sherlar)

DO`STLARGA ULASHING:

AMMAJONLARIM

Momomning ifori keladi sizdan,
To‘rt opa singilu, to‘rt qaro ko‘zdan
Ming bora aylanib, o‘rgilay sizdan
Xokisor, kamtarin  Ammajonlarim!

Dadamning jondayin jigarisizlar,
Bunchalar yaxshisiz, dilrabosizlar
Ota uyim ko‘rkisiz, xushnavosizlar
Mehribon, qalbi pok Ammajonlarim.

Sizlar bor oqibat omondir hamon,
Sizlar bor, shoshamiz bir manzil tomon
Mehringiz tovlanar bamisli ummon,
Mushtipar, muslima Ammajonlarim.

Bir tabassumingiz, Dilning oromi
Gulyuzim, Gulnozam dardlar darmoni
,,Ko‘ngilda barhayot yaxshilar nomi»
Chehrasi oftobim Ammajonlarim.

Mehringiz tovlanar ko‘zlar Mavjida,
Pariro‘y paykarim, mohim Maqsuda
Men sizlarni yaxshi, ko‘raman juda,
Farishta yuzligim Ammajonlarim.

Goh tashvish domiga tushgan onimiz,
Eng, avval achishar sizning joningiz
Dardim deb bilasiz bizning dardimiz,
Mehribon, xushzabon Ammajonlarim.

Sinovlar charxladi bardoshingizni,
Ayriliq oldimi safdoshingizni,
Qismatda neki bor xudoning ishi,
Sabrning timsoli Ammajonlarim.

Doim kulib yuring, quvonib yuring
Nevara, evara rohatin ko‘ring
Hajga boring, Hoji onalar bo‘ling!
Duogo‘y, dildoshim Ammajonlarim!

👉 @Salomatlik_uz 💊‌‌

Оставьте комментарий