Dunyodagi eng tezkor poyezd.

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng tezkor poyezd.

▪️Xitoylik mutaxassislar 620 km/soat tezlikka erisha oladigan poyezd yaratishdi. Ta’kidlanishicha, magnit yostiqda harakatlanuvchi poyezd ayni vaqtda dunyodagi eng tezyurar yerusti transport vositasi hisoblanadi.Yangi avloddagi poyezd Tsindao shahrida ommaga taqdim qilindi. U hozircha yagona nusxada yaratilgan bo‘lib, Xitoyda ayni vaqtda u harakatlanishi mumkin bo‘lgan liniyalar mavjud emas. Ta’kidlanishicha, bunday poyezdlarda taxminan 10 yildan keyin yurish mumkin bo‘ladi. O‘sha vaqtgacha mamlakatda uzunligi ming kilometrgacha yetadigan 9ta tezyurar liniya quriladi.

Biroq Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, ayni vaqtda magnit yostiqda harakatlanuvchi poyezdlar orasida tezlik rekordi Yaponiyaga tegishli. 2015 yilda Central Japan Railway Company’ga tegishli Series L0 (A07) poyezdi 603 km/soat tezlikka erishgan.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek