VATAN PARVARLIK

DO`STLARGA ULASHING:

» VATAN PARVARLIK
»
Reja:
1-Õzbekiston yoshlari
2-Tarixga nazar
3-Vatanimizning Shonliy tarixi
O‘zbekistonda yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratilgan. Uzoqni ko‘zlagan holda qabul qilingan kadrlar tayyorlash, maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlari, yoshlarga oid davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimiz uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sis etilgan davlat mukofotlari, bunyod etilgan ta’lim maskanlari, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar. Bularning hammasi barkamol avlodni, demakki, ertangi kunimizning munosib davomchilarini, yurt kelajagi jonkuyarlarini tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar sirasiga kiradi.
Quvonarlisi, yuqoridagi ezgu g‘oya, maqsadlarni amalga oshirish – yoshlarni ona Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va ehtirom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘g‘il-qizlarimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi intilishlarini bugun barcha jabhalarda har bir sohada ko‘rishimiz mumkin
Aslida, yoshlarning mustaqil dunyoqarash va faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishlari uchun har birimiz mas’ulmiz. Ulardagi ma’naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyat hissi bilan yashash, yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash tuyg‘usini yanada kuchaytirishga, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama bilimdon qilishga muvaffaq bo‘la olsakkina marra bizniki. Vatanimizning salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari nechog‘li ulkan ekanligi, yurtimizning qadimiy va boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz va ular qoldirgan madaniy meros bashariyat madaniyati va rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yoshlarni ongiga singdirib borish zarur. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”, deb alohida ta’kidlangan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarda.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, bundan 800 yil muqaddam Jaloliddindek pahlavon o‘g‘ilni dunyoga keltirgan Oychechak ona farzandlari qoniga ko‘krak suti bilan birga yurtining nafasini, mehr-muhabbatini, ozodlikka bo‘lgan buyuk sog‘inchini ham singdira oldi. U o‘z allalari bilan o‘g‘il-qizini Vatanga fidokorlik, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyaladi. Jaloliddinning fojiaviy tugallangan umri tarix sahifalarida jasoratning mislsiz timsoli sifatida muhrlanib qoldi. U forslardan Isfandiyor Xazar o‘lkasida asirga tushgan singlisini qutqarish uchun borib, o‘zi ham asirga tushdi. Zindonda undan “Nima xohlaysan?” deb so‘raldi. U esa “Vatanimning bir siqim tuprog‘i va bir qultum suvi”, dedi.
Ha, har bir inson qalbida tug‘ilgan joyiga nisbatan muhabbat bo‘lishi darkor. Bir faylasufdan so‘radilar: “Yashash qiyin bo‘lgan bu cho‘lu biyobonga qanday sabr qilasizlar?” U javob berdi: “Agar insonning tug‘ilgan joyiga muhabbati bo‘lmaganida edi farovon shaharlarga odamlar sig‘mas edi”.
Jonajon Vatanimizning shonli tarixi sahifalarini varaqlasak, ajdodlarimizni nechog‘lik vatanparvarliklariga guvoh bo‘lamiz. Ulug‘ tariqat peshvosi Najmiddin Kubro yurtimiz tarixida buyuk vatanparvarlik namunasini ko‘rsatdi. Vatan muhabbati ila bo‘lgan istaklaridan boshqa istaklarga quloq solmadi.
Vatanparvar farzandlarning jasorati bo‘lib abadiydir. Osoyishtalik, umuman, barqaror rivojlanishiga bog‘liqdir.
#insho #oddiyreja

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek