Dunyodagi eng yosh va keksa talaba haqida eshitganmisiz?

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng yosh va keksa talaba haqida eshitganmisiz?

🧑‍🎓6 yoshli talaba

Bu yoshda ko‘pchilik hali bog‘chada yurgan bo‘ladi. Ammo Joshua Bekford 3 yoshida ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan, 6 yoshida esa Oksford universitetiga qabul qilingan. Otasi bolasining favqulodda zehni borligi bois universitet ma’muriyatiga xat yozib, tekshirib ko‘rishlarini so‘raydi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Joshua falsafa va tarix bo‘yicha a’lo baholarga o‘qimoqda.

👵🏻102 yoshli talaba

Xitoyning Shandun provinsiyasi Jinan shahrida istiqomat qiluvchi Ma Syuian buvi umrini og‘ir mehnatda o‘tkazib, nihoyat, bir asr yashab qo‘ygan vaqtda oliy ta’limga hujjat topshirdi. Nihoyat, u 2022-yilda Weishan Road oliygohida o‘qishni boshladi. Beshikdan qabrgacha ilm izla degandek, buvijonga diplomni muvaffaqiyatli qo‘lga olishni tilab qolamiz.

Оставьте комментарий