Elbek (1898–1942)

DO`STLARGA ULASHING:

Mudhish qatagʻon davri qurboniga aylangan oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Elbek (Mashriq Yusupov)dir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Xumson qishlogʻida tavallud topgan.
“Men, – deydi shoir oʻz tarjimai holida, – 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib oʻqidim. Bu maktabda toʻrt yil oʻqib, oʻquv, yozuvni oʻrgandim… 1910–1911 yillarda juda qiynaldik va shuning natijasida boshqa aka-ukalarim qatori men ham uyni tashlab ketishga majbur boʻldim”.
Elbek 1911 yili Toshkentga kelib, bir boyga qarol boʻlib yollanadi. Ayni paytda Toshkentning Eski shahar mavzeidagi Devonbegi mahallasida joylashgan “Xokiy” maktabida, 1914 yili Shayxontohur mahallasidagi “Namuna” nomli maktabda oʻqishni davom ettiradi. Shu bilan birga, bosmaxonada ishlab, gazetalar sotish bilan kun koʻradi.
Elbek 1919 yili sakkiz oylik muallimlar kursini bitirib, erlar bilim yurtida, pedagogika texnikumida oʻqituvchilik qiladi. 1921 yildan boshlab Turkiston Xalq maorifi komissarligi qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat koʻrsatadi. Oʻsha davrda nashr etilgan “Maorif va oʻqitgʻuvchi”, “Inqilob”, “Bilim oʻchogʻi” kabi jurnallar bilan hamkorlik qiladi.
Elbekning dastlabki sheʼrlari “El bayrogʻi”, “Turon”, “Turk soʻzi”, “Ulugʻ Turkiston” kabi gazetalarda bosilib chiqqan. 1922 yilga kelib uning “Bir soʻroq”, “Oʻksizning oʻlimi”, “Qargʻa”, “Bibixonim madrasasi”, “Turkiston” kabi sheʼrlari “Oʻzbek yosh shoirlari” (1922) toʻplamida Fitrat va Choʻlpon sheʼrlari bilan birga eʼlon qilingan.
Shoirning ilk toʻplami – “Armugʻon” 1920 yil nashr etilgan boʻlib, u asosan, masallardan iborat edi. Uning dastlabki sheʼrlarida koʻzga tashlangan mavhumlik bu toʻplamdagi “Qaysi biri boʻri” masalida ham sezilib turadi. Ammo “Kuchsizlar dunyosi” masalida shoirning niyat va maqsadi xiyla yorqinlik kasb etganki, bu hol muallif ijodi shakllanib borayotganidan darak beradi. Mazkur masalda tasvirlanishicha, endi azob chekkan el qonxoʻrlikdan oʻch olish uchun kurashga kirishadi. Shoir bosqichma-bosqich mahorat sirlarini egallab bordi.
Oʻz ijodining tetapoya holatida ekanini sezgan Elbek “Mening hikoyam” sheʼrida “Men hali bitta ham sheʼr aytmadim, faqat sheʼr yoʻlidan qaytmadim”, – deb bejiz aytmagan. Yana u bunday yozgan:
Shoirlikdan maqsad, soʻz koʻchirishmas,
Sheʼrda ham maqsad-oʻy oʻchirishmas,
Shoirlik maʼnoni tiza bilishdir,
Mazmunni rassomdek chiza bilishdir.
 
Elbekning keyinchalik yaratgan “Mehnat kuylari” (1930), “Gʻunchalar” (1935), “Chirchiq boʻylarida” (1935), “Ashulalar toʻplami”, “Bolalar qoʻshigʻi”, “Sheʼrlar toʻplami” (1936) kabi kitoblaridagi sheʼrlarida shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomillik “manaman” deb turadi. Ayniqsa, shoirning “Sezgilar” toʻplamiga kirgan qator sheʼrlari oʻzining daʼvatkorligi bilan ajraladi.
Elbek qator sheʼriy toʻplamlar yaratibgina qolmay, oʻnlab dostonlar ham ijod etgan. Uning “Goʻzal qiz” (1927), “Bizniki”, “Paxta”, “Oʻtmishim”, “Chirchiq” (1929), “Batrak kolxozi” (1930), “Tozagul”, “Oʻzbekiston” (1934), “Bogʻbon”, “Mergan”, “Etik” (1935) asarlari shular jumlasidandir.
Elbek bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning “Armugʻon” toʻplamidagi “Gʻunchalar”, “Chirchiq boʻylarida” hamda “Kambagʻal yigit va pardasturxon”, “Omonat”, “Erksiz polchi”, “Ona”, “Bolalar qoʻshigʻi” kabi bir qator sheʼrlari, dostonlari, ballada va ertaklari fikrimizning dalilidir. Ayni chogʻda adib “Yozuv yoʻllari”, “Oʻrnak”, “Boshlangʻich maktabda ona tili”, “Goʻzal yozgʻichlar” (1924) kabi qator darslik va qoʻllanmalar muallifi sifatida ham maʼlumdir.
Elbek hikoyanavis sifatida ham adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning “Dadamat” (1936) toʻplamiga kirgan “Chirchiq”, “Men kim boʻlaman”, “Ana”, “Anorgul”, “Qahhorxoʻja”, “Dadamat” kabi hikoyalari adibning durustgina nosir boʻlganligidan ham dalolat beradi.
Elbek bor-yoʻgʻi qirq yil yashadi. U ham “xalq dushmani” sifatida 1937 yilning 7 avgustida qamoqqa olinib, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, oxir-oqibat ogʻir kasallik tufayli Magadanda vafot etdi. Ammo, Elbek, oʻzi yozganidek, adabiyotimiz boʻstoniga turfa gullar ekib ketganligi bilan hamisha barhayotdir.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

17 комментариев к “Elbek (1898–1942)”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: cam girls

  4. Уведомление: Lizard King Mushrooms

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: ดูหนังฟรี

  7. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: magic mushroom chocolate bar usa

  11. Уведомление: useful source

  12. Уведомление: meateater bourbon for sale

  13. Уведомление: ufatesla

  14. Уведомление: next

  15. Уведомление: Changa DMT For Sale Brisbane

  16. Уведомление: bbw big ass cam

  17. Уведомление: ufabtb

Комментарии закрыты.