ENDI BOLAGA ALIMЕNTNI DAVLAT TO‘LAB BЕRADI.

DO`STLARGA ULASHING:

ENDI BOLAGA ALIMЕNTNI DAVLAT TO‘LAB BЕRADI.

🟢 Endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinroq MIB qarzni budjetga undiradi.

⚡️ Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda bo‘layotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

🟢 Bugungi kunda 172 ming nafar otalar o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda. Oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan.

🟢 2022 yil 1 iyuldan Majburiy ijro byurosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

🟢 Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.

✏️ Juda xam o‘rinli amaliyot ishlab chiqilarkan. Sababi hozirgi kunda bu masala eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi.

Оставьте комментарий