DO`STLARGA ULASHING:
Eng koʻp milliarderlarni yetishtirgan Top universitetlar reytingi
Harvard universitetida umumiy boyligi qariyb 600 milliard dollarga teng 104 ta milliarder yetishib chiqqan. Taniqli milliarder bitiruvchilari orasida Maykl Blumberg va Stiv Ballmer bor. Bill Geyts va Mark Sukerberg ham shu yerda ta’lim olgan, ammo ular o‘qishni tugatmagan.
Stanford universiteti 69 nafar milliarder bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Yahoo asoschisi Jyerri Yang va DoorDash asoschilaridan biri Endi Fang kabi milliarderlar ushbu universitet bitiruvchilari hisoblanadi.
Pensilvaniya universiteti 38 ta milliarder bitiruvchisi bilan uchinchi oʻrinda. Uning eng taniqli milliarder talabasi Ilon Mask hisoblanadi.
Xitoyning 4 ta universitetida 57 ta milliarder bitirib chiqqan. Pekin universitetida Baidu asoschilaridan biri Robin Li ham milliarder bitiruvchilari qatorida sanaladi.
Rossiya universitetlari orasida 13 milliarderni tayyorlagan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yetakchilik qilmoqda.
Reytingda 21 ta universitet joy olgan boʻlib, ulardan 14 tasi AQShda, 4 tasi Xitoyda. Rossiya, Hindiston va Janubiy Koreyada esa 1 tadan universitet joy olgan.
