Eng ko’p tarixiy yodgorliklariga ega viloyat.

DO`STLARGA ULASHING:

Eng ko’p tarixiy yodgorliklariga ega viloyat.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga respublikada arxitektura yodgorliklari soni 2 264 tani tashkil etgan. Bu haqda davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, eng koʻp tarixiy yodgorliklar Samarqand viloyatida joylashgan – 562 ta. Keyingi oʻrinlarni Buxoro viloyati (507 ta) va Toshkent shahri (288 ta) egallagan.
Hududlar boʻyicha arxitektura yodgorliklari soni:
– Samarqand viloyati – 562 ta;
– Buxoro viloyati – 507 ta;
– Toshkent shahri – 288 ta;
– Qashqadaryo viloyati – 208 ta;
– Fargʻona viloyati – 139 ta;
– Xorazm viloyati – 136 ta;
– Jizzax viloyati – 100 ta;
– Namangan viloyati – 98 ta;
– Andijon viloyati – 74 ta;
– Navoiy viloyati – 70 ta;
– Surxondaryo viloyati – 36 ta;
– Qoraqalpogʻiston R. – 24 ta;
– Sirdaryo viloyati – 15 ta;
– Toshkent viloyati – 7 ta.

Siz qanday tarixiy yodgorlik joylariga borgansiz?

Оставьте комментарий