📜 Kreditlar — 5000 yillik tarixga ega

Kreditlar — 5000 yillik tarixga ega

DO`STLARGA ULASHING:

Kreditlar — 5000 yillik tarixga ega

Bugun biz bank kredit xizmatini zamonaviy moliyaviy tizim deb o‘ylaymiz. Aslida esa, qarz hujjatlari 5 ming yildan ko‘proq vaqt oldin ham mavjud bo‘lgan.

Eng qadimgi kreditlar miloddan avvalgi 3000-yillarga borib taqaladi. Ular gil (loy) taxtachalarga mix yozuvida yozilgan. Bu varaqalarda qarz miqdori, foiz stavkasi va hatto jarimalar yozilgan bo‘lgan.

Misol uchun, miloddan avvalgi 626-yilga oid bir hujjatda shunday deyiladi:
«30 talant kumush, Shamashga tegishli. Suma-iddin, Marduk-usallim, Sarranu, Marduka, Girrema va Nabu-usallim tomonidan qarzga olinadi. Qaytarilishi shart»
Bu hujjatlar qadimiy Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da tuzilgan bo‘lib, arxivlarda ehtiyotlab saqlangan. Ular guruhli qarzlar, garovlar, hatto kechikkan to‘lov uchun jazolarni ham o‘z ichiga olgan.

Oradan 5000 yil o‘tdi, lekin mohiyat o‘zgarmadi. Shunchaki loy taxtachalar oʻrniga qogʻozga yoziladi.

📚 Manba: Metropolitan Museum of Art, Ebabbar arxivi, Mesopotamiya gil varaqalari.

Оставьте комментарий