Epikur (milloddan avvalgi 341-270)

DO`STLARGA ULASHING:

Epikur milloddan avvalgi 341-270 yillarda Afinaning Samos orolida yashab ijod etgan qadimgi yunon faylasufi hamda epikurianizm falsafa maktabining asoschisidir.
Epikurianizm taʼlimotiga koʻra, falsafa insonga baxtga erishish, osuda hayotni qoʻlga kiritish, tinch hamda erkin boʻlish, ogʻriqlardan qutulish va qadrdon doʻstlar davrasida oʻz hayotidan qoniqib yashashi uchun yoʻllanmadir. Epikurning qayd etishicha, huzur-halovat va dard ezgulik hamda yovuzlikni aniqlashdagi oʻlchovlar hisoblanadi. Oʻlim tana hamda qalb harakatining nihoyasidir. Insonning erishgan yutuqlari yoki uning boshiga yogʻiladigan balolarning xudoga daxli yoʻq. Bular inson harakatining oqibatidir. Borliq – nihoyasiz va abadiydir. Olamda sodir boʻlguvchi voqealar boʻsh makondagi atomlarning oʻzaro taʼsiri hamda harakatiga bogʻliq.
Epikurning qarashlari oʻsha zamon olimlarining u qadar diqqatini tortmagan. Ayniqsa, Demokrit uning fikrlariga shubha bilan qaragan. Boisi, determinizm (narsa va hodisalarning sababiy bogʻlanishlari haqidagi materialistik taʼlimot) borasidagi bir qator keskin mulohazalari Demokritnikidan farq qilgan.
Epikur asos solgan maktab kichkina boʻlsa ham, bu maktab rivoji uchun u butun umrini bagʻishlagan.
Epikur falsafasi jamiki yaxshilik hamda yomonlik huzur-halovat va azob tufayli tugʻiladigan tuygʻular bois yuzaga keladi, degan nazariyaga asoslanadi. Ushbu nazariyaga koʻra, nimaiki yaxshi boʻlsa, u halovatdir, nimaiki yomon boʻlsa, u azobdir. Huzur-halovat hamda azobni Epikur yaxshilik hamda yomonlik oʻrtasidagi axloqiy tafovutning asosi, deb hisoblaydi. Baʼzi bir oʻrinda huzur-halovatdan voz kechib, azoblanishni tanlash, yanada lazzatliroq huzur-halovatga erishishga xizmat qilishini taʼkidlaydi. Huzur-halovat istash hamda izlash orqali oʻlim qoʻrquvidan hamda maʼbudalar jazosidan xalos boʻlib, xotirjamlikka erishish epikurianizm taʼlimoti nazariyasining asosiy qoidalaridan biridir.
Epikurning uchtagina xati toʻliq holda, Diogenning “Mashhur faylasuflar” asari hamda Vatikan kutubxonasida saqlanayotgan qoʻlyozmalar orqali, shuningdek, uning papirusga yozilgan “Tabiat xususida” nomli asaridan bir nechta parchalar bizgacha yetib kelgan.

8 комментариев к “Epikur (milloddan avvalgi 341-270)”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: marlin firearms

  4. Уведомление: Achieving financial freedom

  5. Уведомление: 토렌트 사이트

  6. Уведомление: dk7.com

  7. Уведомление: buy LSD online

  8. Уведомление: order crack coke locally

Комментарии закрыты.