Farzand olish uchun nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Mana, turmush qurganimizga ham 10 yil bo‘ldi. Ammo hanuz farzandimiz yo‘q. Turmush o‘rtog‘im bilan kelishib, farzandlikka bola olishga qaror qildik. Qanday kishilar bola olish huquqiga ega va buning uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Javob: Farzandlikka bola olishga faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
Bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik mahkamalarining tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshiriladi.
Voyaga etganlargina farzandlikka bola olishlari mumkin. Quyidagi shaxslar bundan mustasno:
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasnodir.
Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:
turar joyidan qat’iy nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
o‘gay ota va o‘gay ona;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga etmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida»gi nizomiga muvofiq farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo‘lsa ularning soni va yoshi, farzandlikka olinadigan bolaning yoshi va jinsi ko‘rsatilgan ariza;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa);
oila a’zolari ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;
ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma;
farzandlikka oluvchi bo‘lishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari.
Farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun xalq ta’limi bo‘limi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqish dalolatnomasi asosida xalq ta’limi bo‘limi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa talabgorga beriladi va farzandlikka bola olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi.

tashabbus.org/farzand-olish-uchun-nima-qilish-kerak/

10 комментариев к “Farzand olish uchun nima qilish kerak?”

  1. Уведомление: NIGHTHAWK PRESIDENT FOR SALE

  2. Уведомление: better Scrum velocity

  3. Уведомление: Rifle

  4. Уведомление: earn passive income

  5. Уведомление: 토토휴게소

  6. Уведомление: Where to buy magic mushroom online Australia

  7. Уведомление: Buy B+ magic mushrooms for sale online Colorado Europe

  8. Уведомление: debt consolidation

  9. Уведомление: illuminati join

  10. Уведомление: sciences4u

Комментарии закрыты.