DO`STLARGA ULASHING:
⚡️Farzandsizlikka farzand davo.
Juda ko‘pchilik muxlislar 3-5-15 yildan buyon farzandsiz ekanligini aytishib, yordam so‘rashadi. Nega bola asrab olish xaqida o‘ylab ko‘rishmaydi?
Bola asrab olishning bir nechta ijobiy taraflari bor.
— tibbiy jixatidan onalik reflekslari uyg‘onib, ayolda ona bo‘lish qobilyati paydo bo‘lishi mumkin.
— necha yillik siqilib, nevroz, nevrasteniyalarga barxam beriladi. Uyga nur kiradi.
— islomiy tarafdan juda katta savob.
Bundan boshqa yana o‘nlab ijobiy taraflari bor. Ammo shulardan ko‘z yumib, umuman e’tiborga arzimaydigan atrofdagilarni gapidan cho‘chib bola asralmaydi.
Bolaning yaxshi yoki yomon inson bo‘lishi esa atrofdagi muxitga 98% bog‘liq.
🪴 O‘zbekistonda 30-40ming atrofida yetim bolalar mavjud. Agar bolasiz yoki bitta farzandlilar bolalarni asrab olganda edi yetimxonalar allaqachon yopilib ketardi.
🔅 Ushbu postni o‘qiyotgan tirnoqqa zor kishi. Uyingga nur kirgiz va atrofdagilarni gapini xayotingdan ustun ko‘rma. Bola uyga fayz va rizq olib keladi.
Farzandi bor va moddiy jixatdan to‘kis kishilar ham shu jabxalarni ham o‘ylab ko‘rishsa bo‘lar edi. Ayniqsa ikkinchi, uchunchi xotin qilayotganlar shu xotinlarga qo‘shib bira to‘la ikki uch bolani asrab olishni ham o‘ylanglar. Buniyam savobi katta.
🔖 Postni tarqatib qo‘yinglar. Ajabmas qaysidir yetim bola ko‘ziga shodlik nuri kirishiga yordam bersa.
Manba : Acramov