Fotima binti Xattob

DO`STLARGA ULASHING:

Payg’ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo’lganlar soni endi o’ntaga yetib qolgan. O’sha imon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi.
Fotima Sayd ibn Zayd (r.a.) bilan oila qurgan va ikkalalari ham turmushlarini imon nuri ila saodatlantirishgan edi. (Siz Sayd ibn Zaydni yaxshi taniysiz. U zot (r.a.) hayotlik davrida jannat bilan bashoratlangan o’n sahobaning birlaridir.) Eru xotin birga-birga ibodat qilishar, Qur’on o’qishar, o’rganishar edi. Hazrati Fotima bilan eri Sayd Alloh va Rasuli (s.a.v.) yo’liga fidoyi ekan, ayni paytda uning akasi Umar u paytda Payg’ambarning beayov dushmani, o’taketgan johil, qalbini jaholat zulmati qoplagan bir kimsa edi.
Butunlay iskanja va zulm ichida ham, musulmonlarning soni kun sayin ortib borayotganidan boshqa mushriklar qatori o’sha biz suygan Umar ham ta’rifsiz qo’rquv va hayratda qoldi. Makka ahli nima qilib bo’lsa-da, musulmonlarning yo’lini kesishni o’ylardi. Nihoyat ular, Muhammadni (s.a.v.) o’ldiramiz, degan bir to’xtamga kelishdi. O’zlaricha reja tuzishdi. Umar ham ularning ichida edi. Va bu qabohatli ishni shu Umar bo’yniga oldi. Uning quvvatiga, qat’iyyatiga, jasoratiga ishonganlar, masala xal bo’ldi, deya oldindan hukm chiqarib qo’yishdi. Umar ibn Xattob darhol yo’lga tushdi. Qo’lida qilich. Ne ajabki, Alloh taolo unga yo’lda qarindoshi Nuaym ibn Abdullohni ro’baro’ qildi…
Umarning niyatidan xabardor bo’lgan Nuaym uni butunlay niyatidan qaytarolmasa-da, yo’lini boshqa tarafga burib, muddatni uzaytirishning uddasidan chiqdi: singlisi Fotima va kuyovi Saidning musulmon bo’lganini aytib, uni qattiq g’azablantirdi.
Hazrati Habbobdan Kur’on o’rganishayotgan er-xotin Umar kelganini bilib muallimlarini va Mushaf sahifalarini yashirishdi. So’ng eshikni ochishdi. Lekin biroz oldin eshik ortidan eshitilgan Qur’on Umarning g’azabini yangilab ulgurgan edi.
— Men sizlarning Muhammadning dinida ekaningizdan xabarim bor, — dedi va kuyovi Saidni kaltaklay ketdi. Fotima (r.a.) erini akasining qo’lidan qutqarmoqchi bo’lganida, g’azabnok quvvatli musht uning ham yuziga tushdi va yorib yubordi. Ko’ziga o’lim ko’rinib turgani holda Fotima Umarga bunday deb hayqirdi:
— Sen ayol kishini urishdan uyalmaysanmi? To’g’ri, biz musulmon bo’ldik. Alloh va Rasuliga imon keltirdik. Biz ishonamizki, Allohdan boshqa iloh yo’q, Muhammad uning elchisidir. Endi qo’lingdan kelganini qil!
Fotimaning bu so’zlari o’ziga o’lim hukmini chiqarish bilan barobar edi. Ammo Allohning irodasi va hikmatini ko’ringki, bu qahramonlik Umarning ichiga talotum soldi. Qontalash, lekin jasorat balqib turgan yuz Umardek bag’ritosh qotilning qalbini titratdi, uning tubdan o’zgarishiga sabab bo’ldi, qilmishiga pushaymon etdi, qalbini yumshatdi.
Oradan bir oz o’tib, Umar shunday dedi:
— Boya sizlardan eshitganlarimni menga ham beringlar, bir ko’ray.
Mushafga nisbatan hurmatda bo’lishini talab qilgan holda Fotima (r.a.) javob berdi:
— Akaginam, sen Allohga sherik tutganing uchun nopoksan, holbuki, bu Kitobga faqat pokiza insonlargina qo’l tekizadi. Tur, oldin tahorat ol!
Umar g’usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining ba’zi oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o’qib, chuqur o’yga toldi. Yuzida hidoyatning nurlari jilolana boshladi.
«Bu qandayin sharafli, qandayin lazzatli kalom! Bundan-da go’zal, bundan-da shirin so’z bo’lishi mumkin emas!»
Umarning yumshaganini ko’rib, Hazrati Habbob ham bekingan joyidan chiqdi.
Keyin to’rtovi Payg’ambarimizning (s.a.v.) huzuri muboraklariga borishdi. Umar kalimai shahodat keltirdi va… endi biz sevgan Umarga aylandi, saodatli hayotini boshladi.
Hazrati Fotimaning (r.a.) jasorati Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) kabi bir zotning islomiyat bilan sharaflanishiga sabab bo’ldi. Zero, Umarning umri oxirigacha qilgan yaxshiliklari hech bir kamaymasdan Fotima binti Xattobning ham daftariga yoziqlikdir.
Fotima (r.a.) eri bilan birga Madinai Munavvaraga hijrat qildi. Umrining so’ngiga qadar fazilatli yashadi. Akasining xalifa bo’lganini, adolatli idora qilganini ko’rish saodatiga muyassar bo’ldi, Va uning davrida Alloh dargohi sari rixlat etdi.
Alloh barchalaridan rozi bo’lsin! Omin.
«Sahabalar ansiklopedisi» | «Hidoyat» jurnalining 2000-yil 7-sonidan

13 комментариев к “Fotima binti Xattob”

  1. Уведомление: Web Cam Di Nascosto Amatoriale

  2. Уведомление: valid dumps cc

  3. Уведомление: click here

  4. Уведомление: magic mushrooms colorado​

  5. Уведомление: เพื่อนแท้ เงินด่วนประโคนชัย

  6. Уведомление: union cvv2

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: buy ma huang herb

  9. Уведомление: 늑대닷컴

  10. Уведомление: cartel oil co disposable

  11. Уведомление: Buy Viagra for hot sex

  12. Уведомление: Website

  13. Уведомление: Lsm99 เว็บบอล Auto

Комментарии закрыты.