Foydali moddalar bilan tanishamiz

DO`STLARGA ULASHING:

Foydali moddalar bilan tanishamiz

Rux (цинк) organizm uchun juda muhim. U immunitet tizimi, jarohatlar tez bitishi, qon ivishi, qalqonsimon bez faoliyati, terining salomatligi, ko’rish qobiliyatini saqlashda asosiy rol o’ynaydi. Ushbu mikroelement organizmda uzoq vaqt davomida to’planmaydi, shuning uchun rux moddasiga boy ovqatlarni tez-tez iste’mol qilish kerak.

Rux moddasiga boy mahsulotlar:

Dukkaklilar: no’xot, yasmiq, qizil loviya;
Qovoq urug’lari;
Bodom, keshyu;
Mol go’shti;
Parranda go’shti, tovuq sonlari, kurka oyoqlari;
Qo’y go’shti, qo’y oyog’i;
Dengiz mahsulotlari, qisqichbaqalar, omar, krevetkalar;
Kinoa, jo’xori, bug’doy donlari, jo’xori uni.
Ismaloq, qo’ziqorin.

Rux moddasining kunlik dozasi yosh, jins va turmush tarziga qarab belgilanadi:

Bolalar uchun (2-11 yosh): taxminan 8,4-10,4 mg/kun;
O’smirlar uchun (12-19 yosh): taxminan 10,7 mg / kun.
Kattalar uchun (19 yosh va undan katta): erkaklar uchun 11 mg / kun va ayollar uchun 8 mg / kun.

❗️ Muhim: sog’ligingiz, ovqatlanish tartibingiz va turmush tarzingizga qarab bu miqdorlar farq qilishi mumkin. Aniq dozani bilish uchun qon tahlillarini topshirish tavsiya qilinadi.

Оставьте комментарий