FUQARO BIR VAQTDA IKKI TURDAGI PЕNSIYANI OLISHI MUMKINMI

DO`STLARGA ULASHING:

FUQARO BIR VAQTDA IKKI TURDAGI PЕNSIYANI OLISHI MUMKINMI

⚡️SAVOL;
Bilamizki pensiyaning 3 turi mavjud. Ular yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. Bir fuqaro shu uch turdagi pensiyaning ikki tarini olish uchun uni vaziyati to‘g‘ri kelib qolsa, masalan yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish uchun shaxsning vaziyati to‘g‘ri kelsa u bir vaqtda xar ikkala pensiyani olishi mumkinmi ?

⚡️JAVOB;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 4 moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Bu degani agar o‘sha fuqaroning holati xar ikkala pensiyani olishi uchun to‘g‘ri kelib qolsa, yuqoridagi asosga ko‘ra u o‘zining tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin bo‘ladi.

Оставьте комментарий