Gʻulom Karimiy (1962–2014)

DO`STLARGA ULASHING:

Gʻulom Karimiy 1962 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻildi. 1987 yilda Toshkent davlat universitetining Sharq fakulteti Eron filologiyasi boʻlimini tugatib, 1987–1988 yillarda Afgʻonistonda harbiy tarjimon sifatida xizmat qildi. 1992 yildan vafotiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi.
Gʻulom Karimiyning ilk badiiy asari buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshgʻariyning yoshlik yillariga bagʻishlangan “Karvon” qissasi 1988 yilda “Yoshlik” jurnalida, 1998 yilda kitob holida nashr etildi. Tarixiy mavzuda badiiy asarlar yaratishda davom etgib, 1998 yilda qahramon sarkarda Temur Malikning jasorati aks etgan “Turon qoploni” dramatik qissasi, 2002 yilda “Sohibqiron va alloma” dramatik qissasi nashr etildi. 2011 yilda “Narshax qalʼasi” tarixiy romani, 2012 yilda “Arslonxon minorasi” nomli qissalar va hikoyalar kitobi bosilib chiqdi.
Gʻulom Karimiyning qissa va hikoyalari turk, uygʻur, tojik va rus tillariga tarjima qilingan.
Gʻ. Karimiy fors tilidan bir qancha tarixiy manbalar va badiiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qildi. Nosir Xisravning “Safarnoma” (2003), XX asr Eron adibi Sodiq Hidoyatning “Erini yoʻqotgan xotin” (2006), Sohibqiron Amir Temurga zamondosh boʻlgan muarrih Muiniddin Natanziyning “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” (2011) kitoblari shulardan jumlasidandir.
Gʻ. Karimiy faoliyatining yana bir qirrasini yozma merosga oid ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi. Olim Oʻzbekiston va xorijda oʻtkazilgan koʻplab xalqaro anjumanlarda ilmiy maʼruzalar bilan ishtirok etdi. Quyidagi ilmiy maqola va kitoblari Germaniya, Pokiston, Eron, Turkiya va Qozogʻiston kabi mamlakatlarda chop etildi: “Abu Rayhon Beruniy instituti xazinasidagi XVIII-XX asrlarga oid tasavvufiy asarlar katalogi” (Germaniya, Shtutgart, 2002), “Abu Rayhon Beruniy instituti xazinasidagi Ahmad Yassaviy hikmatlari qoʻlyozmalari katalogi” (Qozogʻiston, 2005), “Mirzo Abdulqodir Bedil asarlarining Movarounnahrda amalga oshirilgan toshbosma nashrlari fehristi” (Pokiston, Karachi, 2007), “Hofiz Sheroziy devonining Movarounnahrda amalga oshirilgan toshbosma nashrlari fehristi” (Eron, Sheroz, 2008), “Sebzor dahasi qozisi faoliyatiga oid hujjatlar” (2009), “Muqanna” (2009), Muhammad Tolibning XVII asrda fors tilida yaratilgan “Matlab ut-tolibin” asarining ilmiy-tanqidiy matni (Turkiya, Anqara, 2011).
Gʻulom Karimiyning soʻnggi asari – “Langar fojiasi” romani 2014 yilda bosilib chiqdi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

15 комментариев к “Gʻulom Karimiy (1962–2014)”

  1. Уведомление: therapist bergen county nj

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: sportsbet

  4. Уведомление: block screenshot

  5. Уведомление: cloud DevOps Services

  6. Уведомление: acquista subutex in linea italia

  7. Уведомление: rehab facility

  8. Уведомление: my sources

  9. Уведомление: Jili slot

  10. Уведомление: ประกันรถยนต์ 2+

  11. Уведомление: official source

  12. Уведомление: https://www.prairieoutdoors.com/lt.php?lt=https://phforums.co.za/playabet-south-africa-betting-review/

  13. Уведомление: ข่าวบอล

  14. Уведомление: ทีเด็ดฟุตบอล

  15. Уведомление: ดูดวงความรัก

Комментарии закрыты.