Google’ning Pixel 5a 5G smartfonining narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Google’ning Pixel 5a 5G smartfonining narxi qancha?

Google kompaniyasi Pixel 5a 5G smartfonini rasman taqdim etdi.

Yangi model alyuminiy korpusga ega bo‘lgan, chang va namlikdan IP67 standarti bo‘yicha himoyalangan, displeyi 60 gertsli tasvir yangilanish chastotasiga ega 6,34 dyuymli OLED, tezkor xotirasi 6 gigabaytli LPDDR4X va 128 gigabayt ichki xotira.

Pixel 5a 5G’ning asosiy kamerasi ikkitalik — 12 va 16 megapikselli kameraga ega.

Pixel 5a 5G’ni hozirda AQSh va Yaponiyada oldindan buyurtma qilish mumkin. AQShda smartfon $450 ga baholangan bo‘lib, savdolari 26-avgustdan boshlanadi.

@NarxiQancha | Manba (https://daryo.uz/2021/08/19/seriyadagi-eng-katta-sigimli-akkumulyator-va-ip67-boyicha-himoya-google-ozining-pixel-5a-5g-smartfonini-450-dollar-qiymatida-taqdim-etdi/)