DO`STLARGA ULASHING:
Yangilangan «Chevrolet Traverse»ning narxi qancha?
🚘 “UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse modelini taqdim etdi. Avtomobil 328 ot kuchiga ega turbo dvigatelga ega bo‘lib, tavsiya etilgan chakana narxi 795 mln so‘mni tashkil etadi, sotuvlar esa yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. (https://t.me/uzautomotorscom/4139)
Yangi Traverse uch qator o‘rindiqli krossover hisoblanadi. Avtomobil haydovchidan tashqari yana besh nafar yo‘lovchini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, keng salon va funksional joylashuv modelning asosiy ustunliklaridan biri hisoblanadi.
Texnik jihatdan Chevrolet Traverse 2,5 litrli to‘rt silindrli turbodvigatel bilan jihozlangan. Ushbu agregat 328 ot kuchiga ega bo‘lib, yuqori dinamika va barqaror harakatni ta’minlaydi.
✅Salon qismida 17,7 dyuymli markaziy multimedia displeyi hamda 11 dyuymli raqamli asboblar paneli o‘rnatilgan. Shuningdek, model Chevy Safety Assist xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanib, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
