Homiladorlikda taomlanish qoidalari

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikda taomlanish qoidalari

Energiya:
Butun homiladorlik davri uchun o‘rtacha 85,000 kkal energiya sarflanadi. Agar buni kunlarga bo‘lsak, 85,000 kkal/280 kun=300 kkal sutkalik energiya sarfi kelib chiqadi. Bu degani, kunlik qo‘shimcha 300 kkal qabul qilish kerak.

Oqsil:
Homilani yaxshi rivojlanishi uchun oqsil nihoyatda muhim. Ehtiyoj: 1 kg tana vazniga kamida 1,5 g oqsil qabul qilish kerak.

Yog‘lar:
Homiladorlik davrida embrionni (bolani) nerv tizimi normal rivojlanishi uchun, uzun zanjirli yog‘ kislotalarini iste’molini ko‘paytirish kerak. Bularga ayniqsa III trimestrda talab ortadi.
Uzun zanjirli yog‘ kislotalariga boy maxsulotlar: baliq, jigar, tuxum sarig‘i, soya moyi.

Uglevodlar:
Glikemik indeksi (GI) past va o‘rta bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qilish kerak. GI yuqori mahsulotlarni iloji boricha iste’mol qilmaslik kerak.

Vitaminlar:
Vitaminlarni qondagi konsentratsiyasi homiladorlikning 2 yarmida kamayadi. Sabablari: qon hajmini ortishi, jigar filtratsiyasini ortishi, vitaminlarga talabni ortishi. Bu normal holat xisoblanadi. Lekin buni korreksiya qilish kerak. Asosiy yetishmovchilik A, D, B6 va folatsin (folat kislota) vitaminlarida seziladi. Lekin, vitamin A ni me’yoridan ortiq qabul qilish homilaga teratogen ta’sir ko‘rsatadi. D va V6 vitaminlarini ham ortiqcha iste’mol qilishga hojat yo‘q. Folatsinni (V9) esa iste’moli 2 barobarga oshiriladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti homilani nerv tizimida nuqsonlar hosil bo‘lishini oldini olish uchun kuniga 400 mkg folatsin (folat kislota) qabul qilishni tavsiya qiladi.

Minerallar:
Homilani normal rivojlanishi uchun asosan temir, kalsiy, rux (sink) va yodni yetarli miqdorda qabul qilish kerak.
Kunlik extiyoj:
• Temir — 20 mg
• Kalsiy — 300 mg
• Sink — 5 mg
• Yod — 0,03 mg

Suyuqlik:
Sutkada 2 litrdan kam emas. Kofe, tarkibida kofein saqlovchi ichimliklar, kola ichimligi, gazli va rangli ichimliklar ichish ta’qiqlanadi! Bu bolada zaxarlanish va gipoksiyaga olib keladi.

Eslatma: homiladorlarda semirishga moyillik ortib ketadi. Shu sababdan TMI (https://t.me/taomlanish_ilmi/995) = 25 dan oshirmaslikka xarakat qiling!

Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

Оставьте комментарий