Homiladorlikdagi oʻzgarishlar

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikdagi oʻzgarishlar

Homiladorlik- bu odatiy holat va koʻpchilik ayollarda asoratlar deyarli boʻlmaydi. Shunga qaramasdan, avvalgiga qaraganda tanangizning funksiyalarida ham ahamiyatli oʻzgarishlar sodir boʻladi, shuning uchun homiladorlik paytida nimalarni kutish kerakligini uning oʻzi aytib beradi.

Shuni yodda tutish muhimki, har bir ayol oʻziga xos va uning organizmini homiladorlikka nisbatan eaksiyasi ham oʻziga xos. Agar bu sizning birinchi homiladorligingiz boʻlsa siz, ehtimol, his qilayotgan har qanday yangi oʻzgarishlarga tayyor boʻlasiz. Ularning ayrimlariga eʼtibor bermaslikning iloji yoʻq, masalan, oʻlchamlarni kattalashishi, shu paytda boshqalari kamroq koʻrinarli boʻlishi mumkin va siz ularni sezmasligingiz ham mumkin.

Qachon tashvishlanishim kerak?
Meʼyoriy bilan xavotir olish oʻrtasidagi chegara juda sezilmas boʻlishi mumkin. Ayrim oʻzgarishlarni darhol belgilash mumkin, masalan, qon ketishi, qorindagi ogʻriq yoki bola harakatlarini sekinlashishi. Biroq, boshqa oʻzgarishlarni, masalan, arterial bosimni oshishi va siydikda oqsil mavjudligini mustaqil ravishda aniqlash qiyin boʻladi. Bu nima uchun shifokor yoki akusherga tez-tez tashrif buyurish muhimligining sabablaridan biri hisoblanadi.

Aqlsiz savollar yo’q

Shuni yodda tutish lozimki, davolovchi shifokorning yordami- bu stress darajasini pasaytirish va homiladorligingizdan zavqlanishni oshirishning muhim usuli. Qisman uning vazifasi koʻmak koʻrsatish va oʻrgatishdan iborat, shuning uchun aynan nimani istashingizning roʻyxatini tuzishingiz va shaxsiy salomatligingiz darajasini qoʻllab turishda faol ishtirok etishingiz mumkin.

O’zgarishlar

Homiladorlikning erta bosqichlarida koʻpgina oʻzgarishlar zigota bachadon trubasian chiqib bachadon devorlariga implantlanishi bilan bogʻliq. Uning hayotini saqlab turish va uni yashab ketishi organizmingizning ustuvor vazifasi boʻlib qoladi.

Menchi?
Homiladorlikning ilk haftalarida sizga tanangiz «avtopilot rejimiga» oʻtganidek tuyuladi. Evolyutsiya organizmimizni urugʻlangan tuxum hujayrasini oʻstirish va u toʻliq rivojlanmaguncha uni qoʻllab turish imkoni bilan taʼminladi.  Bularning barchasi albatta, siz va sizning ehtiyojlaringiz biroz vaqtga ikkinchi planga chiqib turishi kerakligini anglatadi.   Butun homiladorlik mobaynida sizning qulaylik darajangiz, harakatchanligingiz, hazm qilish va modda almashinuvingiz bolaning yashab ketish imkonini oshirish darajasida oʻzgarib boradi.
Folat kislotasini qabul qilish haqida unutmaslik kerak
Dastlabki haftalarda rivojlanishda potensial muammolarga olib keladigan har qanday toksinlarning taʼsirini kamaytirishga harakat qiling. Kuniga 500 mkg dan qoʻshimcha folat kislotasini qabul qilish bolangizda nerv tizimi tomonidan nuqson rivojlanishining ehtimolini pasaytirishga yordam beradi.
Erta jismoniy oʻzgarishlar
  • Menstruatsiyaning kelmasligi. Agar sizning siklingiz 28 kunni tashkil qilsa, ovulyatsiya, ehtimol, menstruatsiyaning birinchi kunidan boshlab 14-chi kuni sodir boʻlgan. Urugʻlanish odatda ovulyatsiyadan bir necha kundan keyin sodir boʻladi.
  • Urugʻlanishdan 5-10 kundan keyin biroz vaginal qon ketishi. U implantatsion qon ketishi deb nomlanadi va zigota bachadonning qon bilan toʻlgan qobigʻiga yopishganida sodir boʻladi. 50%dan kam ayollarda implantatsion qon ketishi sodir boʻladi, shuning uchun agar u sodir boʻlsa qoʻrqmang.
  • Koʻkrak va koʻkrak uchlarining oʻzgarishi. Yuqori sezuvchanlik, kattalashish, koʻkrak uchlarini toʻq tus olishi va tos sohasida ogʻirlik hissi- bular meʼyoriy holat.
  • Ogʻizda metall yoki gʻalati taʼm.
  • Koʻpchilik homilador ayollar ular homilador ekanligini bilishini taʼkidlaydi yoki ular uchun noodatiy yoki gʻalati boʻlgan hislarni taʼriflaydi.
  • Siyish tez-tezligi. Uzoq vaqt davomida hojatga bormaslikdan oʻzini tiyib tura olmaslik.
  • Qiynalganlik va charchoqlik hissi.
  • Koʻngil aynishi va ishtaha tomonidan oʻzgarishlar. Hid bilishni kuchayishi va ayrim hidlarni koʻtara olmaslik. Homiladorlikning birinchi oylarida qizil goʻsht, xom tovuq goʻshti, baliq va tuxum ayniqsa juda ogʻir koʻtariladi.
  • Akne paydo boʻladi, koʻkrak va yuzda esa tomirlar koʻrinib qoladi.
Psixologik oʻzgarishlar
  • Homiladorlikning taxminan 12-chi haftasidan boshlab qorin oʻlchamlarini kattalashishi. Aynan shunda sizning kattalashgan bachadoningiz yuqoriga koʻtarilib, tos sohasidan chiqa boshlaydi.
  • Koʻkrak oʻlchamlarini kattalashishi va mayda boʻjimalar bilan areolani toʻq tus olishi. Uchinchi trimestrga yaqinlashganda ogʻiz sutini ishlab chiqarilishi va kam hollarda oqib ketishi sodir boʻladi. Ushbu oʻzgarishlar koʻkragingiz emizishga tayyorlanishiga qarab sodir boʻladi.
  • Tana vaznini ortishi. Homiladorlikda meʼyoriy va sogʻlom vazn orttirish 10-14 kilogrammni tashqil qiladi. Birinchi trimestrda odatda ahamiyatsiz orttirish kuzatiladi, ikkinchida- ahamiyatli, uchinchida esa- eng kattasi.
  • Bolaning koʻrish va his qilish mumkin boʻlgan harakatlari. Koʻpgina birinchi tugʻadigan onalar bolaning harakatlarini (homila qimirlashining birinchi belgilari) homiladorlikning 18-20 haftalari oʻrtasida his qilishi mumkin. Keyingi bolaga homilador boʻlgan onalarda bu 16 haftada sodir boʻlishi mumkin, chunki ular qaysi belgilarni kuzatish kerakligini biladi.
  • Bachadon kattalashishi tufayli oʻpka va diafragmani siqib chiqaradigan nafas qisilishi. Taxminan 36-chi haftadan «qorin tushishi» mumkin, bu bola dunyoga kelishga tayyorlanib tosga tushadigan payt. Odatda, bu narsa oldin tugʻgan onalarga qaraganda birinchi bor tugʻayotgan onalarda koʻproq sodir boʻladi.
  • Venalarni varikoz kengayishi, bavosil, choʻzilishlar, oshqozon haz qilmasligi, jigʻildon qaynashi, meteorizm, qabziyat va shishgan oyoqlar. Barcha simptomatika birdaniga sanalganda bu shunga loyiqmi deb darhol oʻylash mumkin. Bu qanchalik oddiy eshitilmasin, lekin bolangizni qoʻlingizga olganingizda buning barchasi ahamiyatga ega boʻlib qoladi.
  • Yuragingiz har daqiqada aylantiradigan qon miqdori siz homiladorlikning 20-chi haftasiga yetishingizdan ancha oldin taxminan 40%ga oshadi. Qoningizning umumiy hajmi tugʻruq paytiga borib 5 litrdan 7-8 litrgacha oshadi. Bu demak, homiladorlik bilan ovoza qilinadigan barcha qoʻshimcha talablarni qondirish uchun sizning yuragingiz va butun qon aylanish tizimi oʻz imkoniyatlari va funksiyalarini oshirib boradi. Baʼzida charchab qolishingizning sababi ham shu.
Gormonlar
Homiladorlik paytida gormonlar sizni boshqarayotgandek tuyulishi mumkin. Ular homiladorligingizni qoʻllab turishda va bolangizning yashab ketish imkoniyatini imkon qadar yuqori boʻlishini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Lekin gormonlar ham kayfiyat oʻzgarishlariga va emotsional nobarqarorlikka javobgar boʻlishi mumkin. Agar siz odatda yigʻloqi boʻlmasangiz va yetarlicha vazmin boʻlsangiz ham homiladorlik sizning umuman yangi taraflaringizni ochib berishi mumkin.

Baʼzida siz tanangizda sodir boʻlayotgan ushbu barcha oʻzgarishlar tufayli oʻzingizni tushkun his qilishingiz mumkin. Ushbu kayfiyat oʻzgarishlari doimiy emasligiga va tugʻruqdan keyin joyiga tushib ketishiga ishoning.

Psixika tomonidan muammolar
Agar sizning anamnezingizda bipolyar buzilish, obsessiv-kompulsiv sindrom, depressiya yoki maniya kabi psixika bilan muammolar boʻlsa sizning homiladorligingiz shu kabi simptomatikani yomonlashtirib, retsidivni chaqirishi mumkin. Butun homiladorlik davomida va tugʻruqdan keyin birinchi oylarda shifokoringiz bilan aloqani ushlab turish muhim.

Agar sizga kayfiyatni barqarorlashtiruvchi dori vositalari buyurilsa, homilador ekanligingizni shifokorga aytishingiz muhim. Balki odatiy dozangizni tuzatib, uni butun homiladorlik mobaynida tartibga solish kerakdir.

Nazoratni yoʻqotish
Agar siz ovqatlanishdatana vaznda, va tashki qiyofangizda har doim maʼlum darajada oʻz odatlaringizni nazorat qilib borgan boʻlsangiz, homiladorlik paytida esa bularning ustidan nazoratni koʻproq darajada yoʻqotganligingizni his qilishingiz mumkin. Homiladorlik kechishi bilan sizning shaklingiz va oʻlchamlaringiz ilojsiz oʻzgarib boradi. Lekin bu yaxshi koʻrinishingiz uchun «shaxsiy sarmoyalaringizdan» voz kechish kerak degani emas.
Oʻzingizga qarang, yaxshi kiyining va sogʻlom tana vaznini qoʻllab turing. Homiladorligingiz yuzasidan xafa boʻlish hissi ahvolingizni faqat yomonlashtiradi va siz bundan hech narsa yutmaysiz. Bunga ijobiy tarafdan qarashga harakat qiling va hazilkashligingizni yoʻqotmang.
Xavotirlik
Xavotir homiladorlik paytida keng tarqalgan emotsiya hisoblanadi. U umumiy yoki yanada oʻziga xos va aniq xarakterga ega boʻlishi mumkin, masalan, tugʻruqqa nisbatan. Homilador ayollar hayollarida bitta fikr va kechinmalarni qayta-qayta oʻylashi mumkin. Keskin holatda bu depressiya yoki obsessiv-kompulsiv buzilish sindromi boʻlishi mumkin. Oʻz hislaringiz borasida akusher yoki shifokoringiz bilan gaplashib koʻring. Ular shu kabi hikoyalarni koʻp bora eshitgan va emotsional holat barqarorligini taʼminlash uchun siz buni oʻzingiz va bolangiz uchun qilishingiz kerak.
Omilkorlik
Omilkor muammolar, masalan, daromad cheklovlari, uy-joy, byudjet, bolalarni parvarish qilish va shunchaki uyda yana bitta kichik odam ehtiyojlarini taʼminlash borasidagi muammolar ham katta havotir uygʻotishi mumkin. Hamrohingiz va oilangiz bilan gaplashib koʻring. Ushbu yumushlarni yengillashtirishning amaliy, realistik usullarini ishlab chiqing.
Farqi nima?
Hamma homilador ayollarda qarama-qarshi tuygʻular boʻladi. Baʼzida siz chaqaloqqa nisbatan xavotirni his qilishingiz mumkin, baʼzida esa mazkur masalaga nisbatan hayrihoxsiz. Ayniqsa uxlay olmaydigan ertalabki erta soatlarda aybdorlik hissi paydo boʻlishi mumkin.
Bolangiz rejalashtirilmaganligini bilib qolishi, yoki u siz, yoki hamrohingiz bunga tayyor boʻlmagan paytingizdan ancha ilgari paydo boʻlishi, yoki hamrohingiz bilan munosabatlaringiz siz istaganchalik xavfsiz emasligi sizni xavotirga solishi mumkin. Sarosima, aybdorlik hissi, nadomat va hattoki biroz vahima- bularning barchasi homiladorlik paytidagi odatiy emotsiyalar.
Tanqid
Juda koʻp hollarda homilador ayollar tanqidlarga juda sezgir boʻlib qoladi. Bunday boʻlmasa ham, sizni tanqid qilayotgandek tuyulishi mumkin. Oʻta emotsionallik va xafa boʻlishlik- bu odatiy holat, shuning uchun siz vaziyatni toʻgʻri tushunganligingizni aniqlashingiz lozim.

Siz katta odamsiz va nohaq ekanligingizni sezsangiz kimdandir uzr soʻrashingiz mumkin. Bu empatik munosabatlarni qurishga yordam beradi va siz koʻpchilik odamlar qanchalik toʻgʻri tushunishidan hayratga tushasiz.

Bidʼat
Qora mushuklardan qoʻrqishingizni, zinalardan yurmasligingizni va hech qachon uyda soyabonni ochmasligingizni tushunasizmi? Homiladorlik paytida siz bidʼatli boʻlib qolishingiz mumkin va yangi tuflilar stol ustida turishi mumkinligi borasida siz hech qachon xavotirlanmagan boʻlsangiz ham (bu omadsizlik ekanini bilasizku), shu kabi masalalarga koʻproq toʻxtalayotganligingizni bilasiz. Shuning uchun, agar sizning fikringizcha yomon xabar olib keluvchi shu kabi asabiylashtiradigan omillarga uchramaslik sizga oson boʻlsa, ularga duch kelmang. Tarixda biʼatlar- bu zamonaviy dunyoda ilm tushuntirib bera oladigan narsani tushuntirib berish usuli.
Yakkalik va yolgʻizlik
Homiladorlik paytida yakka boʻlmang. Agar uyingizda kichkina bolalar boʻlsa bu qilishdan koʻra aytish osonroq. Shunchaki kichkina bolalar bilan uydan chiqish qiyin va koʻpincha taslim boʻlib, uyda qolish osonroq. Lekin sizning shaxsiy ijtimoiylashingiz uchun muloqot qilib, boshqa ayollar bilan aloqa qilishingiz juda muhim. Hududingizda oʻyin guruhlarini izlab koʻring va sizning hududingizda yosh onalar uchun qanday guruhlar borligini hamshirangizdan soʻrab koʻring.
huggies.uz