Humans.uz Bepul cheksiz Telegram’ni qanday ulash mumkin

DO`STLARGA ULASHING:

Humans aloqasining afzalliklaridan biri — bu minimal shartlarda bepul cheksiz Telegram. Foydalanuvchi mobil internet paketini sarflamasdan bepul Telegram’dan (Telegram, Telegram X va Plus Messenger ilovalari orqali) foydalanishi mumkin bo‘lgan ikkita variant mavjud:

 

1-variant: hisobda 300 000 so‘m va undan ko‘p bo‘lganida
Tarif konstruktorida aloqa paketini yig‘ishingizdan avval sizda daqiqabay narxlanadigan umumiy tarif amal qiladi. Agar sizda umumiy tarif bo‘la turib, Humans hisobingizda 300 000 so‘m va undan ko‘p bo‘lsa, sizga Telegram’ga cheksiz kirish imkoniyati taqdim etiladi. Hisobingizdagi mablag‘ 300 000 so‘mdan kamaymagunicha Telegram’ga bepul kirish imkoniyati saqlanib qoladi. Kirishni qayta tiklash uchun hisobni 300 000 so‘mgacha to‘ldirish yoki tarif konstruktori orqali xizmatlar paketini tanlash lozim. Telegram’ga bepul kirishni faollashtirishning mazkur variantida ilova hech qayerida xabar kelishi ko‘zda tutilmagan. Telegram’ga cheksiz kirish faollashtirilganligi va mavjudligi haqida ma’lumot kelishi kelajakda paydo bo‘ladi.

 

2-variant: xizmatlar paketi bo‘lganida
Agar siz daqiqalar va gigabaytlar paketini tarif konstruktorida tanlagan bo‘lsangiz hamda aloqa uchun to‘lov kiritgan bo‘lsangiz, Telegram’ga cheksiz kirish imkoniyati avtomatik tarzda taqdim etiladi. Agar daqiqalar va gigabaytlar paketining birortasini ham tanlamagan bo‘lsangiz, Telegram’ga bepul kirish taqdim etilmaydi. Agar hech bo‘lmaganda daqiqalar, yoki hech bo‘lmasa gigabaytlar paketini tanlasangiz, unda Telegram’ga bepul kirish mumkin bo‘ladi.
Paketda bepul cheksiz Telegram borligi haqida Humans tarif konstruktorining tepa qismidagi ikonka bildirib turadi.

 

 

To‘lov amalga oshirilib, “Aloqa” bo‘limida paket ulanganida ilovada cheksiz Telegram ko‘rsatilgan vidjet paydo bo‘ladi.

 

1 комментарий к “Humans.uz Bepul cheksiz Telegram’ni qanday ulash mumkin”

Оставьте комментарий