-
O‘smir qizlarga tavsiyalar
-
Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
-
Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
-
Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
Islomiy bayramlar islom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat — Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalari (Sunniylar va Shialar)ga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlari qamariy taqvimga asoslangan boʻlib, shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.
Hayit[tahrir]
Iyd al-Fitr[tahrir]
-
Asosiy maqola: Iyd al-Fitr.
Iyd (عيد) arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida «bayram», «hayit» degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar roʻza tutadilar, yaʼni yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyiladilar. Roʻza hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan soʻng boshlanadi. Ushbu bayram Oʻzbekistonda ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilingan.
Iyd al-Adha[tahrir]
-
Asosiy maqola: Iyd al-Adha.
Пингбэк: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง
Пингбэк: แทงบอลออนไลน์