Jinsiy aloqa jarayonida ereksiya yo’qolishi

DO`STLARGA ULASHING:

Assalomu alaykum Admin. Men ming istihola bilan bu gaplarni sizga yozyapman. Yoshim 22 da 3 yil avval turmushga chiqqandim, xozirda 1 nafar farzandim bor. Erim mendan 4 yoshga katta, u bilan sevishib turmush qurganmiz. Turmushimiz avvalida har tomonlama (to’shakda ham) o’zimni baxtli his qilardim. Lekin, so’ngi paytlarda «erimniki» juda sustlashib qoldi. Tez-tez uni «anaqa videolar» ko’rayotganini, xar hil tabletkalar ichyotganligini sezib qolaman. U mana shunday «yumushlardan» keyingina menga qiziqish bildira boshlaydi. Lekin, shunda ham juda ko’p hollarda urug’ to’kmasdan turib uning asbobi «o’lib qoladi». Undan nega bunaqa bo’layotganini so’rasam tayinli javob bermaydi. Bunday holat nimadan bo’lishi mumkin, yoki men unga yoqmay qoldimmikan?

Avvalam bor ayol boshingiz bilan bu muammoni hal qilishga urinishingiz taxsinga sazovar. Chunki, jinsiy aloqa oilaning poydevoridir va u bo’lmasa oilaviy munosabatlarga ham putr yetishi bu fakt. Eringiz bilan bo’lyotgan muammoga kelsak, buni 4ta faktorga bo’lish mumkin:

1. Sog’liq borasida muammolar
Hozirda ko’pchilik erkaklar prostata bezi adenomasi (uterit, sistit) dan aziyat chekishadi. Buning sababi ularning kamharakatligi va ko’p o’tirgan holatda ishlashlariga bog’lqdir. Chunki, bunday holatlarda tanadagi, hususan tos sohasidagi qon aylanishlar buziladi va ereksiyaga salbiy ta’sir o’tkazadi. Shuningdek, erkaklik gormoni — testasteronning pasayishi ham bu kabi muaffaqiyatsizliklarga sabab bo’ladi. Yana ereksiyani sussaytiradigan va sog’liq bilan bog’liq shunday omillar bork-ki, ularni yaxshi androlog shifokor huzurida aniqlash va davolash kerak bo’ladi.

2. Fiziologik muammolar
Surunkali charchoq, sport yoki ishdagi ortiqcha zo’riqishlar, uyqusizlik ham ereksiyani to’xtab qolishi yoki umuman bo’lmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun, iloji bo’lsa jinsiy aloqani to’yib uxlab olgandan keyin (ertalabgi vaqtlar) ga rejalashtirib ko’rish kerak.

3. Quvvat bilan bog’liq muammolar
Bu yerda «quvvat» deganda bilagi kuchli erkak nazarda tutilmayapdi. Erkakning seksualligi ham huddi mashina kabi yoqilg’i talab qiladi. Va erkak kishi «to’xtab qolmasligi» uchun go’sht mahsulotlari, tuxum, dukkakli mahsulotlar (loviya, mosh) dan kerakli energiyani olib turishi kerak. «Karamsho’rva» ovqatlar, turli shirinliklar (ayniqsa, shakar), tamaki mahsulotlari va alkagol esa erkakning jinsiy hayotiga jiddiy putr yetkazadi.

4. Psixologik muammolar
Oiladagi yoki ishdagi stresslar, oiladagi yetishmovchiliklar, nimalardandir havfsirash kabi omillar ham ereksiyaga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Shuningdek, erkakning jinsiy aloqaga «lazzatlanish uchun» emas «qilinishi kerak bo’lgan mashg’ulot» sifatida qarashi ham jinsiy hayot sifatini pasaytiradi.

Nima qilish kerak?
Erkakning yotoqda muaffaqiyatsizlikka uchrashi bu faqat erkakning muammosi emas. Buni er va xotin birgalikda hal qilishlari kerak. Avvalambor yotoqxonada yangi vaqtlarni (ertalab, kunduz kuni, kechasi), yangi muhitlarni (musiqa bilan, xushbo’y hidlar bilan), yangi ko’rinishlarni (ichki kiyimlarni o’zgartirish, pardoz holati) va yangi pozalarni sinab ko’ring. Kimyoviy dorilardan umuman foydalanmang, pornografiyadan yiroq bo’ling. Agar bu ham foyda bermasa albatta shifokor ko’rigidan o’ting.

Muallif: Temur Xalikov, yurakcha.ru — 2020

17 комментариев к “Jinsiy aloqa jarayonida ereksiya yo’qolishi”

  1. Уведомление: buy ssd automatic cleaning

  2. Уведомление: Guns For Sale Online

  3. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  4. Уведомление: how to make passive income

  5. Уведомление: slot online

  6. Уведомление: Devops Automation consulting

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: buy uk instagram followers

  9. Уведомление: 토토밀라노

  10. Уведомление: Your Domain Name

  11. Уведомление: one up mushroom chocolate bar

  12. Уведомление: buy bergara arms guns

  13. Уведомление: va juste à

  14. Уведомление: Ammunition for sale online

  15. Уведомление: ไซด์ไลน์

  16. Уведомление: turners outdoorsman

  17. Уведомление: Peruvian Cocaine

Комментарии закрыты.