Jinsiy olat o’lchamini kattalashtirish

DO`STLARGA ULASHING:

Jinsiy olatni operatsiyasiz kattalashtirish

Jinsiy olatni «uy sharoitida» kattalashtirish va qalinlashtirish usullari, sirlari mavjud emas. Cheksiz uzayishini va’da qilgan barcha narsalar marketing fokuslari yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’ondir. Quyida aniq yordam bermaydigan usullar keltirilgan:

Tabletkalar

Jinsiy olatni uzaytirish uchun tabletkalar — vitaminlar, o’simliklar, noyob masalliq ekstraktlari va gormonlardan tarkib topgan oziq-ovqat qo’shimchalaridir. Bular olatning kattaligini o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, ular dori sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan, ya’ni hech kim bunday mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Shuning uchun tabletkalar aslida nima ekanligi ma’lum emas (eng yaxshisi, ular hech narsa bo’lmaganligi).

Kremllar, losyonlar

Ularning tarkibi tabletka qo’shimchalari bilan bir xil, faqat chiqarilish shakli boshqacha. Mahalliy qo’zg’alish xususiyati yoki shishganligi sababli, vaqtinchalik kattalashganlik ta’siri sezilgandek bo’lishi mumkin, lekin bu yoqimsiz va xavflidir: bunday kosmetik vositalar ham nazorat qilinmaydi va tekshirilmaydi.

Jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish mumkinmi

Reklamalar shubhali saytlarga jalb qiladi va jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish yoki soda va «yulduzcha» kremi aralashmasi, boshqa shu kabi g’alati aralashmalardan iborat bo’lgan vositalarni taklif etadi. Tarkibiy qismlarni qanday nisbatda aralashtirishni taklif etishmasin, biz bu aralashmani olatga surtishni tavsiya etmaymiz, va umuman olganda, boshqa tana qismlariga ham.

Nasoslar (vakuum bilan tortish)

Buning mexanik ta’siri jinsiy olatga qon kelishi kuchayadi va natijada uning biroz shishishiga olib keladi, shuning uchun a’zo bir muddat kattalashgandek ko’rinadi. Ammo bu tezda o’tib ketadi va nasoslardan tez-tez foydalanilsa, jinsiy olatning to’qimalariga zarar yetkazish mumkin, natijada uning shakli o’zgaradi yoki erektsiya bilan bog’liq muammolar boshlanadi.

Olatni uzaytirish uchun mashqlar

«Jelking» usuli — bu erektsiyani ushlab turish bilan jinsiy olatni asosidan boshigacha tortib, o’z-o’zini massaj qilishdir. Boshqa DIY usullarida bo’lgani kabi, mashqlar samara berishi haqida dalillar yo’q, asoratlar esa mavjud: og’riq va deformatsiyalar.

Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash, uning samarasini kichik tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin. Ammo bu tadqiqotlar juda kichikdir va usulning 100% samarali ekanligini tasdiqlamaydi. Bundan tashqari, mustaqil ravishda kengaytirish tavsiya etilmaydi: bu qon tomirlariga zarar yetkazishi, siydik yo’llarining torayishi, priapizmga olib kelishi mumkin.

14 комментариев к “Jinsiy olat o’lchamini kattalashtirish”

  1. Уведомление: us cvv hight balance

  2. Уведомление: 강남셔츠룸

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: golden teacher mushroom growth,

  5. Уведомление: cornhole boards

  6. Уведомление: mdma hyponatremia

  7. Уведомление: เงินกู้ มีนบุรี

  8. Уведомление: situs slot gacor pulsa tanpa potongan

  9. Уведомление: yabo

  10. Уведомление: Buy Golden Magic Mushroom for sale Brisbane

  11. Уведомление: บาคารา

  12. Уведомление: tasmanian mushrooms​

  13. Уведомление: cele mai bune medicamente pentru articulatii

  14. Уведомление: Belcampo Fernald scandal

Комментарии закрыты.