Jumaniyoz Jabborov (1930–2010)

DO`STLARGA ULASHING:

Shoir va dramaturg Jumaniyoz Jabborov 1930 yili Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Poʻloti qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabni tugatib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil olgan. 1952–1953 yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida oʻqigan.
Mehnat faoliyatini 1953 yilda “Sharq yulduzi” jurnalida boʻlim mudiri vazifasidan boshlagan. 1962–64 yillarda “Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1964–67 yillarda hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasining adabiyot va sanʼat boʻlimining mudiri, 1967–76 yillarda bosh muharrir oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1981–85 yillar Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida direktor lavozimida mehnat qilgan. 1990 yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Davlat mukofotlari qoʻmitasida masʼul kotib vazifasida ishladi.
Jumaniyoz Jabborov ijodiy faoliyatini 1952 yildan boshlagan. Shoirning ilk toʻplami “Vatanimni kuylayman” 1953 yilda nashr etildi. Shundan soʻng uning qator sheʼriy kitoblari nashr etila boshladi. “Bahor nafasi” (1956), “Gulshan” (1957), “Maqsad yoʻlida” (1958), “Togʻlar sadosi” (1961), “Ona yer qoʻshigʻi” (1962), “Subhidam xayollari” (1964) kabi oʻnlab sheʼriy kitoblari chop etildi. U mohir dramaturg sifatida ham keng tomoshabinlar eʼtiborini qozongan sahna asarlarini yaratdi. Uning “Oʻjarlar” (1971), “Yillar oʻtib” (1975), “Toʻydan oldin tomosha” (1979), “Choʻl chaqmogʻi”, “Jon qoʻshnilar”, “Ziyofat”, “Neksiya” singari qator dramatik asarlari mamlakatimiz teatrlarida, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston respublikalari teatr sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etildi. Shuningdek, Firdavsiyning “Shohnoma” asari hamda A. Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani asosida musiqali drama yaratdi.
Jumaniyoz Jabborov Mustaqillik yillarida yanada qizgʻin va samarali ijod qildi. Uning Vatan va mustaqillik mavzusidagi dilbar qoʻshiqlari Vatanimizning Navroʻz va Mustaqillik bayramlarida baland pardalarda yangradi. 2009 yilda hassos shoir “Yagonasan, muqaddas Vatan” qoʻshiqlar tanlovining gʻolibi boʻldi. Jumaniyoz Jabborovning “Eʼtiqod”, “Ajib dunyo sevgi dunyosi”, “Sevgim samosi”, “Muhabbat chogʻi” singari oʻttizga yaqin sheʼriy toʻplamlari, oʻnlab doston va dramatik asarlari nashr etilgan. Tarjimon sifatida Lermontov, Bayron va Firdavsiy asarlarini ona tilimizga oʻgirgan.
Jumaniyoz Jabborovning oʻzbek adabiyoti rivoji yoʻlidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” unvonlari, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

14 комментариев к “Jumaniyoz Jabborov (1930–2010)”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: FUL

  4. Уведомление: Le crédit hypothécaireLe prêt Immobilier

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: shrooms near me

  7. Уведомление: marijuana gummies edibles with thc​

  8. Уведомление: maxbet

  9. Уведомление: where to buy psilocybin mushrooms

  10. Уведомление: Chèque

  11. Уведомление: click here for more info

  12. Уведомление: Homepage

  13. Уведомление: buy polka dot mushroom bars online canada store

  14. Уведомление: lippenstift

Комментарии закрыты.