Kambodja

DO`STLARGA ULASHING:

Kambodja

Kambodja, (kxmer. ព្រះរាជាណាចក្រកម្ពុជា Preăh Réachéanachâkr Kâmpŭchea) — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolining janubiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 181 ming 35 km2. Aholisi 16 705 000 kishi (2019). Poytaxti — Pnompen shahri. Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (kxet)ga va markaz qaramogʻidagi 2 shaharga boʻlinadi.

Davlat tuzumi:
Kambodja — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy assambleya va Senat)dan iborat. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Оставьте комментарий